"Andijon"da serbiyalik murabbiy ish boshladi
08 jan 16:18
Yangiliklar
"Andijon"da serbiyalik murabbiy ish boshladi
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
"Andijon" klubi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo'shildi. Endilikda serbiyalik tajribali mutaxassis Branko Chirich jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish boshladi.
U 1983 yilning 21 may sanasida tavallud topgan. Chirichning oxirgi klubi Qozog'istonning "Astana" klubi hisoblanadi. Shuningdek, "Vojdovac" (Serbiya), "Aktau" (Qozog'iston), "Radnichki" (Serbiya), "Chukarikchi" (Serbiya) kabi klublarda ham jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishlagan.
"Astana" bilan mamlakat chempionligiga va Kubokka erishgan. Qolaversa, u Evropa hamda Konferenciyalar Ligasida ham ishtirok etgan.
Chirich tajribali mutaxassis bo'lib, endilikda futbolchilarimizning jismoniy holatini yanada yaxshilab boradi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq "Andijon" hujumchisi Ozarbayjonga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar