So’nggi yangiliklar

21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  0 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  6 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  23 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   16 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  54 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  54 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0

Bir o'yin tarixi. 2008 yilgi "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi, "Oskar"ga loyiq bahs Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 2008 yilgi "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi, "Oskar"ga loyiq bahs

Bir o'yin tarixi ruknidagi navbatdagi bahs 2008 yil bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi.

Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev o'sha bahsni shunday yodga oladi:

“Bunyodkor” bilan bo'lib o'tgan 16-tur uchrashuvini hech kim unutmasa kerak. Aleksandr Petrov tomonidan sahnalashtirilgan trillerga "Oskar" mukofotini bersa bo'ladi. Bu o'yin Petrovning faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi, uni hech kim jazolamadi. SHunchaki o'yindan keyin, o'yinda bo'lgan vaziyatlarni o'zi uchun tahlil qildi. Vilyanueva shubhasiz chempionatning eng kuchli o'yinchisi edi. O'yin boshidayoq Nesterov darvozasini ishg'ol qilib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O'yin to'liq teng kurashlar ostida o'tdi. “Paxtakor”ning moliyaviy taminotchilari bo'lgan, Rahimovlar o'sha kuni VIPda emas, “Paxtakor”ning oddiy, XB sariq futbolkasini kiyib, burchakda muxlislar uchun ajratilgan tribunada o'tirib ko'rdilar. Bu o'sha payt uchun “CHelsi” muxlislarining Abramovich bilan birga o'tirib futbol ko'rishdek gap edi. 61-daqiqada hech qanday qoida buzilmasa-da, Petrov 11 metrlik jarima nuqtasini ko'rsatdi. Bir yil avval “Paxtakor” safida O'zbekiston chempioni bo'lgan Server Jeparov nuqta oldiga yaqinlashdi. Ignatiy Nesterov esa o'ng tomonga tepilgan to'p yo'nalishini topa oldi.

Hisob o'zgarmay qoldi. Zayniddin Tojievning vajohatini tasavvur qilish qiyin. Nima qilib bo'lsa ham, to'pni darvozaga ursa. Odil o'rtani tozalash bilan band. Magdeev qanotdan hujum uyushtiradi. Fabio Pinto degan futbolchidan “eb qo'ygan”miz. Lekin shunga qaramay maydonga tushgan. 77-daqiqada kambag'alni tuya ustida ham it qopadi deyishganidek, Anzur Ismoiolov qizil kartochka olib “Paxtakor”ni 10 kishi qolishiga sabab bo'ldi. 90-daqiqada “Bunyodkor”ni g'alaba qozonishida hech kimning shubhasi qolmagan edi. Lekin hayotda mo'jizalar sodir bo'lib turadi. Men ham allaqachon “Paxtakor” zaxira o'rindig'iga kelib bo'lganman. O'yinni tugatib qo'yish uchun maydonga qarab turibmiz xolos. Hamma o'rnidan turib olgan. Bir payt qanotdan Islom Inomov reyd uyushtirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, Zayniddin Tojiev nima qilganini o'zi ham bilmasa kerak, qanotdan kelgan to'pni boshi bilan Zuxurov darvozasiga joylab qo'ydi. Butun stadion “portladi”! Bunaqa o'yinni men qaytib ko'rmadim. Faqat O'zbekiston – Quvayt 3:2 o'yinini bu uchrashuvga solishtirsa bo'ladi. Hakamning hushtagi endi hech kimga qiziq emas edi. Zaxira o'rindig'idagi barcha, ha barcha maydonga, Tojievni oldiga chopdi. Bu durangni “Paxtakor”ni o'sha paytdagi futbolchilaridan so'rang, kerak bo'lsa chempionlikka almashtirib yuboradilar", - deb yozadi Nodirxo'ja Yuldashev.





Videoni taqdim etgani uchun saytimiz muxlislari nomidan Bahodir Mirzaevga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика