Bikmaev qaytdi, rossiyalik legioner ham shu erda. "Lokomotiv"ning yomg'ir ostidagi quvnoq mashg'ulotidan galereya
06 jan 2023 19:35
Yangiliklar
Bikmaev qaytdi, rossiyalik legioner ham shu erda. "Lokomotiv"ning yomg'ir ostidagi quvnoq mashg'ulotidan galereya
Denis Korostichenko boshchilik qilgan bugungi mashg'ulotlar noqulay ob-havo sharoitiga qaramay ko'tarinki ruhda kechdi. Bosh murabbiy Mirko Yelichich ertaga tatildan qaytadi va ishga kirishadi. SHime Jujul, Boyan Naydenov ham shu kunlarda kelib qo'shilishi rejalashtirilgan. Jami 21 nafar futbolchi ishtirok etdi. Klub bilan rasman shartnoma imzolaganlardan Ivan Solovyov va Marat Bikmaev shug'ullandi. Oleg Zoteev hozircha sport formasini ushlab turish maqsadida "temiryo'lchilar" bilan birga bo'lib turibdi.
"Lokomotiv"ning Toshkentdagi yig'ini 19 yanvar sanasigacha davom etadi. 20 yanvardan mashg'ulotlar Turkiyaning Antaliya shahriga ko'chadi. U erda bir qator xorij jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Raqiblar haqida quyidagi havolada o'qishingiz mumkin.
"Lokomotiv" Turkiyada qaysi jamoalarga qarshi o'ynaydi?
FOTO: Jahongir Fayzullaev
Qolgan suratlarni saytimizning maxsus bo'limida tomosha qilishingiz mumkin >>>>>>>>> GALEREYA
Fikrlar