Ivan Boshkovich: "Birinchi davrada futbolchilarim o'z darajasini namoyish qildi, biroq bizga omad etishmadi"
05 iyu 00:02
Yangiliklar


Ivan Boshkovich: "Birinchi davrada futbolchilarim o'z darajasini namoyish qildi, biroq bizga omad etishmadi"
"Juda qiyin o'yin bo'ldi. "Qo'qon-1912" jangovar jamoa ekanligini va bugun bizga jang taklif qilishini bilardik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik va biz nazorat qildik, o'z vaziyatlarimizni yaratdik. Huddi "Bunyodkor"dagi o'yin kabi bo'ldi. O'shanda ham ikkita gol urgandik. Ikkinchi bo'lim bundan-da qiyinroq o'tishini bilgandik. Bu ruhiy holat bilan ham bog'liq. Bugungi o'yinga etibor yuqori darajada bo'lmadi. Ikkinchi bo'limni yomon boshladik. Birinchi daqiqadayoq gol o'tkazib yubordik. Keyin esa final hushtagiga qadar o'yin asabiy o'tdi. "Qo'qon-1912" ko'proq hujum qildi, ular qo'rqmasdan oldinga o'tishdi. Tan olish va olqishlash kerak. Ular qaytishga harakat qilishdi. Ularda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Bunday paytda o'z vaziyatlarimizdan foydalanib, ishni tezroq yakunlash kerak. Shunday holatda o'yin bunchalik bosimga boy o'tmasdi.
Balki bugun o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmagandirmiz. Lekin yutqazmadik. Bugun zaxiradan tushgan yangi futbolchilar Sardor Rahmonov hamda Jasur Jaloliddinov jamoaga yordam berishdi. Asosiysi - futbolchilar o'zlarining ruhiy holatini tezda tiklab olishdi. Zaxiradan tushgan futbolchilar etiborni ushlab turishdi. Futbolchilarimni g'alaba bilan tabriklayman. Hozir har bitta ochko biz uchun juda muhim. Endi 10 kun dam olamiz. Birinchi davra ruhan qiyin o'tdi, natijalar yaxshi bo'lmadi. Tarkibni kuchaytiramiz va ikkinchi davrada faqatgina olg'a harakatlanamiz. Birinchi davrada futbolchilarim o'z darajasini namoyish qila oldi, biroq jadvalda yuqoriroqda bo'lish uchun biroz omad etishmadi deb o'ylayman. Umid qilamanki, ikkinchi davrada biz jadvalda yuqoriroqda bo'lamiz", - dedi Ivan Boshkovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar