Angliya terma jamoasi azosi "Arsenal"ga o'tmoqda
25 iyu 10:53
Yangiliklar


Angliya terma jamoasi azosi "Arsenal"ga o'tmoqda
"Arsenal" yozdagi navbatdagi xaridini amalga oshirishga yaqin.
Londonliklar "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Eberechi Eze bilan shartnoma imzolashmoqchi. Ayni vaqtda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Angliya terma jamoasi azosi allaqachon "Arsenal"ga o'tishga rozilik bergan. 27 yoshli futbolchining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Eberechi Eze o'tgan mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar