"Arsenal" MYU ko'zlagan futbolchi uchun kurashda favorit
09 sen 2025 18:38
Yangiliklar
"Arsenal" MYU ko'zlagan futbolchi uchun kurashda favorit
"Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Shtiller faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "Express" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, londonliklar 24 yoshli germaniyalik uchun kurashda favorit hisoblanadi. Avvalroq futbolchi transfer oynasining so'nggi soatlarida "Manchester Yunayted"dan tushgan taklifni rad etgandi. Yarim himoyachiga "Bavariya" va "Real" ham davogarlik qilmoqda.
Shtiller 2024/25 yilgi mavsum barcha turnirlarda 47 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 38 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar