

Ekrem Konurning xabar berishicha, 31 yoshli futbolchi "kanonirlar" murabbiyi Mikel Artetaning keyingi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan va London klubi yozgi transfer oynasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Hozirda o'yinchiga “Atletiko” asosiy da'vogar sanaladi. Klub skautlari uning harakatlarini o'rganib chiqyapti.
Angliya Premer-ligasi klublari "Nyukasl" va "Aston Villa" ham tajribali vingerga qiziqish bildirgan, A Seriyada esa "Inter" va "Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shuni takidlash kerakki, belgiyalik vinger ushbu mavsum ingliz klubi safida 50 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning hozirgi qiymati 18 million evroga baholanmoqda.



