So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Mustaqillik Kubogi-2025 "Uz-Galaxy"da! Yangiliklar

Mustaqillik Kubogi-2025 "Uz-Galaxy"da!

Ular bu sovrinni 6-urinishda qo'lga kiritdi.

Xalqimizning eng ulug' va eng aziz bayrami – O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi nafaqat jonajon yurtimiz, balki uzoq xorijdagi vatandoshlarimiz orasida ham keng nishonlandi. Xususan, Amerika Qo'shma Shtatlarida ikki haftadan ziyod davom etayotgan bayram tadbirlari doirasida futbol bo'yicha o'zbekistonliklar va dunyo o'zbeklari o'rtasida 9-shtatlararo Mustaqillik Kubogi turniri bo'lib o'tdi. 

"Mahalla USA" jamiyati tomonidan tashkil etib kelinayotgan bu turnirga qiziqish tobora ortib borayotir. Buni joriy yilgi musobaqalarda AQSHning 10 dan ortiq shtatidan jami 18 ta xavaskor jamoasi g'oliblik uchun kurashga kirishganidan ham bilish mumkin. Bir nechta jamoa arizalarni kech topshirgani yoki talabnomani to'ldirishda xatolarga yo'l qo'ygani bois musobaqaga qo'yilmadi. Shu tariqa, 18 ta jamoa 3 ta guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishdi.


"A" guruhi

"Lochin" (Kanzas)

"Uz-Galaxy" (Kaliforniya)

"O'zbegim" (Nyu-Jersi)

"Semurg'" (Delaver)

"Samarqand" (Nyu York)

"Vodiy" (Ohayo)


"B" guruhi

"Hamkor-Uz" (Ohayo)

"Turon" (Pensilvaniya)

"Barlos-Chikago" (Illinois)

"Atl Uzbeks" (Kaliforniya)

"Do'stlik" (Nyu York)

"New England" (Massachusets)


"C" guruhi

"Inter" (Florida)

"Uzb FC" (Nyu-Jersi)

"Paxtakor" (Nyu York)

"Asaka" (Tennessi)

"Dinamo" (Nyu-Jersi)

"Uzbek Chicago" (Illinois)


Har bir guruhdan dastlabki 2 o'rinni egallagan jamoalar va 3-o'rin sohiblaridan eng yaxshi ko'rsatkichga ega 2 ta jamoa pley-off bosqichida kurashni davom ettirishdi.


Chorak final

"Lochin" - "Barlos-Chikago" - 1:0

"Inter" - "Turon" - 2:0

"Uz-Galaxy" - "Uzb FC" - 1:0

"Hamkor-Uz" - "O'zbegim" - 2:0


Yarim final 

"Lochin" - "Inter" - 3:2

"Uz-Galaxy" - "Hamkor-Uz" - 2:1


3-o'rin uchun 

"Hamkor-Uz" - "Inter" - 3:1


Final

"Uz-Galaxy" - "Lochin" - 2:1

Takidlash kerak, tashkilotchilar yosh avlod orasida musobaqaga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida har safar turnirga taniqli futbolchilar yoki futbol jamoatchiligi vakillarini taklif qilishadi. Birodar Abduraimov, Ravshan Ermatov, Server Jeparov, Odiljon Ahmedov va boshqalar shular jumlasidan. Bu galgi musobaqaga o'zbek futboli yulduzlari, milliy terma jamoaning sobiq sardori, hozirda O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Odiljon Ahmedov, O'zbekistonning 2012 yilgi eng yaxshi futbolchisi Sanjar Tursunov, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi raisi Kamoliddin Murzoev kabi yaqin o'tmish yulduzlari tashrif buyurishdi. Darvoqe, Odiljon Ahmedov Mustaqillik Kubogi turniriga ikkinchi bor kelishi.

"Mazkur musobaqaga 2023 yilda ham kelgan edim. Bu safargi turnirda tashkiliy jihatdan o'sish ko'zga tashlandi. Qolaversa, ishtirokchi jamoalar soni ham o'sayotgani quvonarli hol. Bundan anglash mumkinki, Amerikadagi vatandoshlarimiz orasida futbol ommalashmoqda. Qaerdaki ommaviylik oshsa, o'sha erda o'sish, rivojlanish kuzatiladi", – dedi biz bilan suhbatda Odil Ahmedov.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar, shu bilan birga, turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Ishtirokchilar esa turnir yakunida bir-biriga xayr deyishmadi, aksincha ko'rishguncha deb tarqalishdi. Zotan bu musobaqa Amerikadagi vatandoshlarimizni bir maqsad atrofida birlashtirdi, zotan o'zbek jamiyatlarining maqsadi ham shu emasmi aslida?!

Otabek Eshmamatov, Nyu York (AQSH)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика