Rays muxlislarning noroziligi haqida: "Bu menga yoqmadi. Madueke hali nimalarga qodirligini ko'rsatadi"
25 iyu 08:13
Yangiliklar


Rays muxlislarning noroziligi haqida: "Bu menga yoqmadi. Madueke hali nimalarga qodirligini ko'rsatadi"
"Arsenal" futbolchisi Deklan Rays Noni Maduekening transferidan keyin jamoa muxlislarining noroziligi haqida gapirdi.
Vinger 50 million funt evaziga "Chelsi"dan transfer qilindi. Transferga qadar "Arsenal" muxlislari transferga qarshi peticiya o'tkazgandi.
"Bu menga yoqmadi. U qanday futbolchi ekanligini yaxshi bilaman. Noni bilan gaplashdim, u hali nimalarga qodirligini ko'rsatadi. U buni barchaga isbotlamoqchi. U hali gollarga o'ch, "Arsenal"da o'ynashni istamoqda, bizga shunday futbolchilar kerak.
U hali ko'plarni hayron qoldiradi, uning tezroq biz bilan bo'lishini istayapman. Klub ichidagilar ushbu transferni muhokama qilishdi. Ular kimlarni olib kelayotganini yaxshi bilishadi", - dedi Rays.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar