

Vinger 50 million funt evaziga "Chelsi"dan transfer qilindi. Transferga qadar "Arsenal" muxlislari transferga qarshi peticiya o'tkazgandi.
"Bu menga yoqmadi. U qanday futbolchi ekanligini yaxshi bilaman. Noni bilan gaplashdim, u hali nimalarga qodirligini ko'rsatadi. U buni barchaga isbotlamoqchi. U hali gollarga o'ch, "Arsenal"da o'ynashni istamoqda, bizga shunday futbolchilar kerak.
U hali ko'plarni hayron qoldiradi, uning tezroq biz bilan bo'lishini istayapman. Klub ichidagilar ushbu transferni muhokama qilishdi. Ular kimlarni olib kelayotganini yaxshi bilishadi", - dedi Rays.



