So’nggi yangiliklar

01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  0 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  13 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  1 00:21Испания кубоги. "Талавера" - "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ  0 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:29Англия лига кубоги. "Манчестер Сити" – "Брентфорд". Ҳусанов асосий таркибда ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  7 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0 20:46Флик "Барселона" ҳақидаги маълумотларни матбуотга сиздираётган футболчини қўлга туширди  8 20:21ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари учун рекорд миқдорда соврин пуллари беради  7 20:21ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари ўртасида рекорд даражадаги пулни тақсимлайди. Ўзбекистон терма жамоаси қанча олади?  10

Bahrom Haydarov: "Imkon qadar 10talikdan o'rin egallashga harakat qilamiz" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Imkon qadar 10talikdan o'rin egallashga harakat qilamiz"

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi haqida aytib berdi.

"Yig'inimiz davom etmoqda. "Nasaf"ga qarshi nazorat uchrashuvida ko'pgina kamchiliklarimizni ko'rib va bilib oldik. Ikkinchi davraning boshida "Andijon" va "Neftchi" kabi kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar bilan boshlaymiz" - dedi Bahrom Haydarov.

- Superliganing birinchi davrasi uchun "Qo'qon-1912"ga necha baho qo'ygan bo'lar edingiz?

- Egallab turgan o'rnimizga qarasak, jamoa o'yinini yaxshi baholab bo'lmaydi. Birinchi davra o'rtalarida markaziy himoyachilarimiz bir vaqtda jarohat olib qolishdi. Ushbu etishmovchilik bizga katta tasir o'tkazdi. Biz tarkibni moliyaviy imkoniyatlarimizdan kelib chiqib shakllantirganmiz. Bahoni men emas, boshqa insonlar bersin. Mening shaxsiy fikrimcha, o'yinmizdan qoniqmadim.

- "Qo'qon-1912" transferlar oynasida bor-yo'g'i bir futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Jamoangiz transfer bozorida faol emasligi jamoaning moliyaviy holati bilan bog'liqmi?

- Birinchidan biz o'zimizning tarkibimizdagi futbolchilarga ishonch bildirishga davom etyapmiz, ammo hozirgi bir nechta futbolchilar bilan muzokara olib boryapmiz, agar kelisha olsak, ularni o'z safimizga qo'shib olamiz. Superliganing boshqa jamoalari bilan moliyaviy tomondan raqobat qilish qiyin bo'lmoqda, ko'pgina futbolchilar boshqa jamoalarni tanlayapti.

- "Qo'qon-1912" ikkinchi davrada o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Biz ushbu yigitlar bilan dastlabki 5-6 turda yaxshi o'yin namoymish etib keldik. Imkon qadar 10talikdan joy olishga harakat qilamiz. Yigitlarning ham bunga ko'zi etyapti. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashish emas, teparoqqa harakat qilamiz.

- Hozirgi kunda barcha jamoalarda hujumchi etishmayotgandek. Ushbu muammoning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Barcha jamoalar himoyalanishni o'rganib oldi. Hozirgi kunda esa individual jihatlama kuchli hujumchilar kamayib ketdi. Avvalari hujumchilar ko'p holatlarda individual mahorat evaziga raqibdan ustun kelar edi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика