So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  0 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Bektemir Meliqo'zievning mahallasida bayram bo'ldi (FOTO) Yangiliklar

Bektemir Meliqo'zievning mahallasida bayram bo'ldi (FOTO)

RIO-2016 olimpiada o'yinlarida respublikamiz sportchilari o'zlarining munosib ishtiroklari va g'alabalari bilan halqimizni quvontirishda davom etmoqdalar.

Ayniqsa bokschilarimizning ko'rsatayotgan natijalari tahsinga loyiqdir. Kecha Farg'ona viloyati, Furqat tumanidagi SHoyimbek qishlog'ida haqiqiy bayram bo'ldi. SHu qishloqda tug'ilib o'sgan Bektemir Meliqo'ziev 20 yoshida 75kg vazn toifasida RIO olimpiadasining kumush medaliga sazovor bo'ldi. Bektemirning sharafiga Rio-de-janeyroda O'zbekiston bayrog'i yuqorida hilpiradi.

DSC_2168 copy

Ro'zmat aka va Navro'za opani bu muvvafaqiyat bilan tabriklash uchun qishloq ahli, tuman rahbarlari , bir qator jurnalistlar va Bektemirning ustozlari tashrif buyurdilar. Hovliga kotta monitor o'rnatilib barcha mehmonlar final bahsini shu erning o'zida tomosha qildilar. SHuningdek mahalla guzarida ham yana bir kotta monitor o'rnatilgan bo'lib , bu erda ham yuzlab SHoyimbekliklar hamqishloqlarini finaldagi ishtiroklarini tomosha qildilar. Bektemir Meliqo'ziev 20 yoshida jahonnning vice-chempioni va olimpiada o'yinlarining kumush medali sovrindori bo'ldi. Uning bu yutug'i mustaqilligimizning 25-yillik bayramiga haqiqiy sovg'a bo'ldi.

DSC_2161 copy

DSC_2207 copy

“Farzandim yutrboshimizning ishonchlarini oqlab olimpiada finaliga etib borgani meni judayam xursand qildi. Uning bu g'alabasi yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar natijasi deb bilaman. Farzandim bilan faxrlanaman. Farzandlarimizga shunday imkoniyatlarni yaratib berayotgan muhtaram yurtboshimizga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Hamma onalarniyam farzandlari shunday yutuqlarga erishib, yurtimiz bayrog'ini yuqorilarga ko'tarib yurishlarini istayman”- deydi Bektemirning onasi Navro'za opa.

-Quvonchim cheksiz, kichik farzandim Bektemir halqimiz oldida yuzimizni yorug' qildi. Oltin medal kutgandim, shunisigayam shukr. O'g'lim endi 20 yoshga kirdi. Hali oldinda keyingi olimpidalar kutib turibdi. Oltin medallarni ham olishini, bayrog'imizni baland ko'tarilib ,madhiyamiz yangrashiga sababchi bo'lishini istayman. Hurmatli prezidentimizga kotta rahmat farzandlarimizga shunday imkoniyatlarni yaratib bermoqdalar. Bizni tabriklagani kelib quvonchimizga sherik bo'lgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman-deydi Bektemirning dadasi Ro'zmat aka Sulaymonov.

DSC_2197 copy

Rapqon boks maktabi direktori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, senator Rustam Majidov bokschilarimizning yutuqlari haqida shunday fikr bildirdi.

-Hurmatli prezidentimizning “Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo'lmaymiz ham” degan so'zlarini bugungi kunda Braziliyada bo'lib turgan bokschilarimiz yana bir bor isbotladilar. Bu yutuqlarning zamirida yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va sportimizga berilayotgan hukumat darajasidagi etiborning natijasi deb bilaman.Biz barcha olimpiadada ishtirok etayotgan sportchilarimizga va ularning ustozlariga halqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Biz ular bilan faxrlanamiz. Oldinda yana ikki nafar bokschimizning finaldagi ishtiroki kutib turibdi. Biz ularga omad tilagan holda, bayrog'imizning Rio-de-janeyroda baland ko'tarilishini kutib qolamiz.

DSC_2175 copy

Biz ham o'z o'rinda sportchilarimizga omad tilab. RIOdan yana medallar kutib qolamiz !

Akramjon Mamadaliev .

 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика