So’nggi yangiliklar

11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  2 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  2 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  13 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  2 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  4 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  2 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0

"Buxoro" futbolchilari "Dinamo"ga qarshi o'yin haqida qanday fikrlar bildirishdi? Yangiliklar

"Buxoro" futbolchilari "Dinamo"ga qarshi o'yin haqida qanday fikrlar bildirishdi?

Superliganing 10-turi doirasidagi "Buxoro" – "Dinamo" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar vakillari – Shahboz Jo'rabekov, Otabek Boymurodov va Javohir Ro'ziev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Shahboz Jo'rabekov:

"Biz imkon qadar g'alaba qozonishga harakat qildik. Bilasiz, ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng ancha tushkunlikka tushib qolgandik. Ruhiy tushkunlikdan chiqish uchun o'zingizga faqat o'zingiz yordam bera olasiz. Agar o'zingiz ham yordam bera olmasangiz, unda vaziyat yanada murakkablashadi. 

Bugun bir oila bo'lib, faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz deb niyat qilgandik. Nasib qilgani shu ekan. Yaxshi o'yin bo'ldi. Diqqatni bir zum yo'qotish va jismoniy toliqish biroz xalaqit qildi. Shu sababli oxirgi daqiqalarda gol o'kazib yubordik. 

Gol urgan vaziyatda qulay holat yuzaga kelishini kutmagandim. To'p oyog'imga yaxshi moslashdi. Lekin kim gol urishi muhim emas. Darvozabonmi, zaxiradan maydonga tushgan o'yinchimi yoki boshqa, kim gol urishidan qati nazar, biz g'alaba qozonsak bo'lgani. 

Tanaffusda kiyinish xonasiga kirib ketayotganimizda atrof tinch edi, maydonga qaytsak, hammayoq chang-bo'ron ekan. Ob-havo injiqlari bo'lishi normal holat, muhimi, yutqazmadik. 

Klub muxlislariga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Nega? Chunki ulargina ketma-ket mag'lubiyatlarimizga qaramasdan, bizni har qadamda qo'llab-quvvatlashmoqda. Biz ularning yuzini yorug' qilib, g'alaba bilan xursand qilishga harakat qilamiz".

Otabek Boymurodov:

"Umuman olganda, biz shunday chuqurga tushib qoldikki, ketma-ket shuncha o'yinlarda g'alaba qozona olmadik. Shu bois bugun ijobiy natija qayd etish ruhiy jihatdan juda muhim edi. G'alaba uchun kurashgan bo'lsak-da, hech bo'lmaganda bir ochko qo'lga kiritdik. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq natija ko'rsatamiz, degan umiddaman.

Jamoaning avvalgi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalari to'g'risida sizga hech narsa deya olmayman. Bu mening jamoam, u haqida yomon gap aytolmayman. Barchamiz qo'limizdan kelgancha harakat qilyapmiz, kuch-g'ayratimizni ayamayapmiz. Omadimiz kelmayapti, deyish mumkin. Agar etibor bergan bo'lsangiz, "Paxtakor"ni hisobga olmaganda, deyarli barcha o'yinlarda faqat bitta to'p farq evaziga mag'lub bo'ldik. 

Shuning uchun omadsizlik bo'ldi, inshaalloh, endi omadimiz yurishib ketadi degan umiddaman. O'z ustimizda ishlaymiz, harakat qilamiz va natijalarni yaxshilaymiz. 

Men yuqori darajaga chiqish uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman. 100 foiz emas, 120-150 foiz kuch bilan ishlamoqdaman. Maqsadim, albatta, milliy terma jamoa tarkibidan o'rin olish. Biroq buning uchun ko'p mehnat qilish kerak. Hali oldinda juda ko'p ishlashim kerak.

Shu o'rinda, "Buxoro" muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Ular eng yaxshi muxlislardir".

Javohir Ro'ziev:

"Dinamo"ga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadik. Negadir o'yin so'ngida diqqatni yo'qotib qo'yayapmiz. Bu holat nafaqat bugun, balki boshqa o'yinlarda ham o'z tasirini ko'rsatdi. Lekin, ishoning, futbolchilar maydonda bor kuchini sarflamoqda. Muhimi, yigitlarda ishonch yo'qolgani yo'q. Bu holatdan chiqib ketamiz degan umiddaman". 


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
18 may 20:38:51
Shovruq88
Fikringa sanlarni
Kuchli uchlikka kurashayotganlar DAN ochko olishtinda tirishib!Pahtadan okmkdan yoki jumladan ham ola olishasanmi!Sigirsanlar ularga
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика