So’nggi yangiliklar

09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  2 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  3 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   0 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  28 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  1 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  13 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  3 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  9

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" hozir shu darajaga etdi-ki, durang ham ranjityapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" hozir shu darajaga etdi-ki, durang ham ranjityapti"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun g'alabaga haqli edik deb o'ylayman. 1:0 hisobini 2:0 ga, 2:1ni esa 3:1 ga o'zgartirishimiz mumkin edi. Vaziyatlarimiz etarlicha bo'ldi.

- O'yin yakuniga oz vaqt qolganida himoyani mustahkam ushlash mumkinmidi?

- Raqib standart vaziyatdan gol urib ketdi. Har bir vaziyatga etiborli bo'lish lozim. Yigitlar to'g'ri o'yin ko'rsatishdi, faqat bitta o'sha vaziyatdagi etiborsizlik golga olib keldi.

- Ikkinchi bo'limlar "Nasaf"da o'xshamayapti. Natija bo'yicha jamoa yutqazyapti. Bu haqida nima deysiz?

- Jismoniy va ruhiy tayyorgarlik bugungi o'yinga yaxshiroq edi. Boya aytganimdek, biz 1:0 hisobini 2:0 ga o'zgartirganimizda boshqacha natija bo'lardi. Himoyada etiborli bo'lib turgandik, biroq standart vaziyat golga olib keldi.

- "Nasaf" jamoasida ketma-ket ikkinchi durang natija qayd etildi. O'tgan o'yinda ham jamoa yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Ikkinchi bo'limlarda futbolchilarga aniqlik etishmayotgan bo'lishi mumkinmi?

- "Xorazm" bilan uchrashuvdan so'ng aytgandim, biz ochko yo'qotishga haqli edik, o'yinimiz o'xshamagandi.  Bugun hujumdagi vaziyatlarimiz ko'proq edi. Bu savolga bundan oldin javob berdim. Savolni chuqurroq o'ylab keyin berish kerak.

- Akmal Mozgovoy, Xusayn Norchaev, Stefan Cholovichlar asosiy tarkibda o'ynab kelishayotgandi. Bugun ular 60-daqiqadan keyin o'yinga qo'shilishdi. Bu o'yinga tanlangan taktika bilan bog'liqmi?

- Cholovich o'tgan o'yinda ham qatnashmadi, jarohati bor. Mozgovoyda kecha ozroq isitma bor edi. Shu bois uni zaxirada ushlashga majbur bo'ldik. Norchaev ham engil jarohatini tiklayotgandi. Shu bois uni ham zaxiradan maydonga tushirdik.

- Ketma-ket ochko yo'qotishlar jamoaga bosim yuklamaydimi?

- Hech qanday bosimni his qilmaymiz. Keyingi o'yinlarda yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Mavsumning ko'p qismi hali oldinda. Shunaqa bosqichlar ham bo'ladi, shundan yaxshi o'tishimiz kerak. Har qanday jamoa ham uzluksiz yaxshi natija qayd etishi qiyin. Bugun vaziyatlardan unumli foydalanimiz kerak edi, birga-bir chiqib borib ham gol ura olmadik. Yigitlar g'alabani juda xohlashdi. 

- "Nasaf" chempionlikka erishganida natija uchun o'ynagan o'yinlar ham bo'lgan. Agar sizda chiroyli o'yin yoki natija keltiradigan o'yin tanlovi bo'lsa, qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

- Albatta natija muhim. O'tgan mavsumda chiroyli o'ynab, natija qilmaganimizda yakunda chempionlik qo'lga kiritilmagan bo'lardi. Futbolda birinchi navbatda natija kerak. "Inter" yoki PSJ yarim finallarda "Barselona" va "Arsenal"dan yaxshiroq o'ynadi deb ayta olmayman, biroq ikkisi hozir finalda. Natija muhimroq, albatta natijani esdan chiqarmagan holda sifatli futbol o'ynashga harakat qilamiz. Hozir "Nasaf" shu darajaga etdi-ki, durang ham ranjityapti. Shu darajamizni ushlashimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика