So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Ro'ziqul Berdiev: “U biz uchun qimmat futbolchi emas, arzon futbolchi“ Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “U biz uchun qimmat futbolchi emas, arzon futbolchi“

O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor“ - “Nasaf“ uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqida fikr bildirdi.

Bugun haqiqiy kubok bahsi bo'ldi deb o'ylayman. Kubok o'yinlarida ko'p gol bo'ladi. Biz xato bilan o'yini boshladik. Uchrashuv boshida 2:0 katta hisob, biroq biz o'yinga qayta oldik. Uchrashuvdagi hal qiluvchi vaziyat hisob 3:3 bo'lganida penalti ko'rib chiqilishi lozim edi. Bundan keyin Alibek qizil oldi va bizni og'ir holatga qoldirdi. Bugun mag'lub bo'ldik, “Paxtakor“ jamoasini keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman.

Jamoa qatorasiga ikkinchi mavsum O'zbekiston kubogida guruh bosqichida qolib ketdi. O'tgan mavsum jamoa mamlakat chempioni bo'lgandi. Bu yil esa jamoalar ancha kuchaydi. Jamoa kubokni qurbon qilishi qanchalik tavakkalchilik bo'ldi?

- Ko'rib turganingizdek, biz kubok uchun juda qattiq “yonayotganimiz“ yo'q. Albatta chiqishni xohladik. Bugun ham biz ko'plab zaxiradagi futbolchilarni maydonga tushirdik. Bizning rejalarimiz va maqsadlarimiz boshqacha. Shuningdek,biz Elit OCHLda o'ynaymiz, bazi o'yinlar bir xil vaqtga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Bu esa bizga ortiqcha yuk bo'ladi. Bu gaplarim bilan bizga kubok kerak emas edi demoqchi emasman.

Bugungi uchrashuvda Oleksandr Vorobey oltita gol o'tkazib yubordi. Birinchi bo'limdan so'ng Nematovni maydonga tushirishingizni kutgandim. Vorobeyning transferi qanchalik muvaffaqiyatli bo'ldi? Uning harakatlariga qanday baholaysiz?

- Har ikki darvozabon mashg'ulotlarda yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda. Esingizda bo'lsa, u “Xorazm“ga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushdi. Undan oldingi o'yinda Abduvohid ham xatolarga yo'l qo'ydi. Shuning uchun, qo'limizdagi barcha futbolchiga imkon berishimiz kerak.

Shuningdek, Oleksandr Vorobeyning transferi bizga tekinga tushgan. U biz uchun qimmat futbolchi emas, u arzon futbolchi. Biz uni Umid jamoani tark etganidan so'ng zaxira uchun olganmiz. Bugun nafaqat Vorobeyga, balki boshqa futbolchilarga ham imkon berdik. Bugun meni eng xursand qilgan narsa, Bahromovning ajoyib o'yini. U boshqalarga nisbatan ajralib turdi.

Bugun darvozabon xatoga yo'l qo'ygani haqida gapirildi. Biroq hujumda ham vaziyatdan foydalanishda xatoliklarga yo'l qo'yildi. Bu maydon holati bilan ham bog'liqmi?

- Menimcha, bugungi eng katta muammomiz himoyadagi xatolar bo'ldi. Bugun “Paxtakor“ga nisbatan kam gol urgan bo'lishimiz mumkin, lekin biz bugun 3 ta gol urdik. Bu yaxshi ko'rsatgich. Lekin himoyadagi o'yinimiz ko'plab savollarni tug'dirdi.

“Paxtakor“ning bugungi o'yinidan kelib chiqib, jamoa chempionlik uchun kurashga ham qaytishi mumkinmi?

- “Paxtakor“ — brend jamoa. Ular doim chempionlik uchun kurashadi. Ular yaxshi tarkibga ega. Lekin chempionlik uchun nafaqat “Paxtakor“da, balki boshqa jamoalarda ham imkoniyat bor. Ayni vaqtda chempionatimiz ancha shiddatli kechmoqda. Kutilmagan natijalar ko'p. Sovrin uchun kurashadigan jamoalar soni bu yil oshdi. Bu yilgi chempionat ancha qiziqarli o'tadi deb o'ylayman. Mavsumni hali katta qismi oldinda. Ko'plab jamoalarda chempionlik uchun imkoniyat bo'ladi.

Joriy mavsum sizda eng kuchli hujum chizig'i bor. Ko'plab jamoalar bunday hujumchilarni orzu qiladi. Hujumchilaringizni harakatlarini qanday baholaysiz? Aynan Cheranga to'xtalsak. U “Paxtakor“da juda ko'p gol urardi. Hozir esa vazifasi biroz o'zgargandek.

- Cheran hujumortida o'zini ancha yaxshi his qiladi. Biz undan shu chiziqda asosan foydalanyapmiz. Har bir o'yinda u maksimal yordam berishga intilmoqda. Yil boshida bizni ikki nafar hujumchimiz (Abduxaliqov va Marushich) tark etdi. Ularni o'tgan mavsum ancha ko'p foydasi tegdi. Bu yil ularning o'rniga Norchaev va Xebayni olib keldik. Bu hujumchilar bilan mavsum davomida harakat qilamiz.


Reyting: -13   

Fikrlar

+4   
13 may 23:59:29
Cr7_
Abduvohidni quyavering Ro'ziqul aka

Ketgunicha ham Nasafga yordami tegib turardi !
Ketadi ekan dep Atelap tushurmaslik yaxshimas manashunday 6 ta lab yeyaveradi qoganlar !
+3   
14 may 00:12:47
jamshid rakhmonov
ОЧЛ учун ютқазибди эмиш. ОЧЛ да 6-0 ва 8-0 ҳисобда ейди. Бунақа отмаскалар ўтмайди.
+2   
14 may 08:21:28
Ishqiboz Muhlis
Воробей тушунармикан бу сўзларни. Бу камситишку.
+2   
14 may 05:37:45
Шухрат Эргашев
Худо хохласа бу йил хам 1 та кубок оиламиз. Шунака деб овунамиз. Чемпионлик пойгасидамиз, суперкубок остонасидамиз, ЭЛИТ лига стартидамиз. Аллох Бир кийинчилик ёки маглубият ортида Бир хурсандчилик ёзиб куйгандир....
+2   
14 may 04:57:54
Адхамжон Низамов
Тугри килади. На....й керак кубок.Бир тийинга киммат.Елитда эса Насаф пул ишлайди.Хакамларга бер кубогингни.
+2   
14 may 01:31:15
Nodirbek Yusupov
jamshid rakhmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
ОЧЛ учун ютқазибди эмиш. ОЧЛ да 6-0 ва 8-0 ҳисобда ейди. Бунақа отмаскалар ўтмайди.
Qachon 6-0, 8-0 yutkazgan) sharmanda qilmang o'zingizni
+2   
14 may 00:49:40
barselona7
ОЧЛни ўйлагани яхши. Аммо ўтган мавсумда АФК элит 2 да гуруҳ босқичида 1 ғалаба 1 дуранг 4 мағлубият билан тўрт жамоа орасида 4 очко тўплаган ҳолда гуруҳдаги "фахрли" сўнгги ўринни эгаллагандида Насаф. Тўғри ўтган мавсумда Суперлигада чемпион бўлди Насаф. Шахсан ўзим Насаф мухлиси сифатида Насафдан ёрқин ўйинларини кутаман. Шу ўйинлар бор эди икки мавсум олдин. Чиройли ўйнарди Насаф. Аммо охирги икки мавсумдан бери жозиба кўтарилди Насаф ўйинларидан. Тўғри айримлар муҳими натижа борку ўтган йил чемпион бўлдик дейиши мумкин аммо бу йил бу ўйини билан Рўзиқул бирор нарсани қойиллатишига ишонмайман халқаро майдонда ҳам шарманда қилмаса бўлди. Нима бўлса ҳам ман адашган бўлай Рўзиқул мани ҳам бошқа танқидчиларни ҳам уялтириб қўйиб ОЧЛ да юқори ўринлар учун курашсин. Ишонгим келади шунақа бўлишига.
+2   
14 may 00:03:19
Ravshan Mamatov
Ròziqul aka bosing gaziga, ishingizga omad. Biz Qashqadaryoliklar Nasafni xar qanday xolatida xam qòllab quvvatlaymiz. Olģa NASAF.
+1   
14 may 12:21:28
Азим Исмаилов
Хуп арзон булса арзондир академияда дарвозабон колмадими??? Хужумчи булса хам бошка гап эди,,,
+1   
14 may 09:56:23
Obidjon
Hurmatli futbol muxlislari Roʻziqul Berdiyev tilshunos emas murabbiy.Uning har bir gapini tahlil qilib ayb qidirish yaxshimas. Vorobiy esa haqiqatdan ham tekinga kelgan. Bundan fojea yasamaslik kerak. Boʻshashmanglar AJDARlar biz doim sen bilan. Olgʻa NASAF!
+1   
14 may 08:55:08
Fc Nasaf / Liverpool Fc
Рузиқул пидаразсан борку ўтган йилидан буён 5 та ҳимоячи билан ўйнаб чичиб келяпсан, хўб тушундик ўтган йили натижа учун дединг бу йил нима учун Шухрат мухаммадиев марказий ҳимоячими ўзи уни ҳимоячилигиям қомаган нега Насафда олиб ўтирибсан ойликни арра қиляпсанми тешиб чиқсин, черан норчаев шароф мусирларинг билан бирга йўқол керакмас бўлди хеч қачон ёзмагандим кетгин деб, ўзи Насафда битта таркиб бўгани яхшийкан далбаёбга ўхшаб иккта тенг кучли таркибим бор деб керак керакмас жойда ратация қиласан миянг чириганми эссиз шунча шароит олдин пул йўқ имкониятимиз йўқ деб йиғлардинг тфу билат мусур мусобоқа танламай
+1   
14 may 07:27:37
Тўлқин Хайит
Насаф рахбарияти ва мухлислар кеч бўлмасидан кулубдаги муоммолар ҳақида ўйлаб кўришса яхши бўларди.
+1   
14 may 06:02:47
Google User
Nasafga keyingi o'yinlarda omad tilaymiz! Yutqazmagan jamoa yo'q, kuzda OCHL bilan Superligani muhim o'yinlari uchun kuchni saqlab qo'ysangiz bo'ldi. Agar 2023 yildagi xatoni takrorlamaslik uchun Kubokdan voz kechgan bo'lsangiz, bu mantiqan to'g'ri qaror. OCHLda guruhdan chiqish kerak. Cheran bilan Hebay lekin OCHLda yaramaydi. Nasaf akademiyasidan izlasangiz Cheran bilan Hebaydan ko'ra yaxshi o'yinchilarni topasiz
+1   
14 may 05:10:02
UzbekistanTeamFcc
Воробейга нисбатан хурматсизлик қилибди бош мураббий.
+1   
14 may 03:34:19
PFCNasaf (O‘zbekiston)
Қисқаси Рузиқул йўқол сендан қачон қутиламиз?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика