Ro'ziqul Berdiev: "Ikki markaziy himoyachimizning yo'qligi himoyada anchagina zaif bo'lib qolayotganimizni ko'rsatmoqda"

23 apr 2026, 21:50
Superliganing 9-turi doirasida "Nasaf" - "Lokomotiv" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bizning ikki markaziy himoyachimizning yo'qligi himoyada anchagina zaif bo'lib qolayotganimizni ko'rsatmoqda. Chunki faktlarni olsak, biz markaziy himoyachilarimiz borligida 6ta o'yinda 3tagina gol o'tkazgan ekanmiz. Hozir esa ular yo'qligida ikki o'yinda 5ta gol qo'yib yubordik. Ushbu markaziy himoyachilarimizning tajribasi bizga juda ham zarur edi. Bugungi o'yinga ahamiyat bergan bo'lsangiz, birinchi bo'lim bizning nazorat ostida o'tdi. Birinchi bo'lim oxirida raqib gol urib oldi va bu ularni o'yinga qaytardi. Shu orqali ular ikkinchi bo'limda qarshi hujumlar va standartlarda xavfliroq o'ynashdi. Ikki markaziy himoyachimizning yo'qligi o'z ta’sirini o'tkazmoqda.

- Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi.
- Zaxiradan tushgan futbolchilar juda yosh va tajribasi kam. Shunga qaramay bitta gol urishga muvaffaq bo'ldik. Ular faolroq bo'lishga va o'yinni o'z tomoniga og'dirishga harakat qilishdi. Tajriba ham bizning ustuvor vazifamiz. Ushbu yoshlar ko'proq tajribaga ega bo'lishsa, bundan xursand bo'lamiz.

photo_2026-04-23_21-24-43.jpg

- Superligamizda Boxing Day bo'lmagandi. Bu biz uchun qanchalik foydali va bunga tayyormizmi?
- Bunga ko'nikish kerak. Agarda Sizda ikkita tarkib bo'lsa, ushbu bosqichdan o'tib olsa bo'ladi. Kimda zaxira kam bo'lsa, futbolchilar soni kamroq bo'lsa, muammoli o'tadi. Bir xil tarkib bilan harakat qilinaversa, tiklanish qiyin bo'ladi.

- Markaziy himoyachilar keyingi turda safga qaytadimi?
- Bilmadim. Alibek Davronov jarohat olgan va uchinchi o'yinda ham o'ynamayapti. Umar Eshmurodovning nechta o'yinga chetlatilganini bilmadim. Shu sababli hozir birgina markaziy himoyachi bilan qolganmiz - G'olib G'aybullaev. U har bir o'yinga ukol bilan chiqyapti. Shunga majbur bo'lyapmiz. Ko'ramiz, "Paxtakor" bilan o'yinga qadar nechta futbolchimiz safga qaytarkan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia