“Bayer” futbolchisi maktabdagi imtixonlar sabab, Evropa Ligasi 6-turini o'tkazib yubordi
12 dek 2020 20:05
Yangiliklar


“Bayer” futbolchisi maktabdagi imtixonlar sabab, Evropa Ligasi 6-turini o'tkazib yubordi
Evropa Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda “Bayer” uyda “Slaviya” (Praga) ustidan 4:0 hisobida zafar quchib, 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.
Mazkur o'yinni maktabdagi imtixonlar tufayli leverkuzenliklar yarim himoyachisi 17 yoshli Florian Virc o'tkazib yubordi.
"Maktab futboldan muhimroq", deya izoh bergan "Bayer" ustozi Petr Bosh Virc haqida so'ralganda.
Virc joriy mavsum klub libosida 15 o'yinda qatnashib, 3+5 natija ko'rsatdi. U Germaniya U-21 termasi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar