“Bayer” futbolchisi maktabdagi imtixonlar sabab, Yevropa Ligasi 6-turini o'tkazib yubordi

Eldor Akmurzayev
12 dek 2020, 20:05
Yevropa Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda “Bayer” uyda “Slaviya” (Praga) ustidan 4:0 hisobida zafar quchib, 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.

Mazkur o'yinni maktabdagi imtixonlar tufayli leverkuzenliklar yarim himoyachisi 17 yoshli Florian Virc o'tkazib yubordi.

"Maktab futboldan muhimroq", deya izoh bergan "Bayer" ustozi Petr Bosh Virc haqida so'ralganda.

Virc joriy mavsum klub libosida 15 o'yinda qatnashib, 3+5 natija ko'rsatdi. U Germaniya U-21 termasi safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bulinews.com