"Barselona" "Napoli" futbolchisi uchun 65 mln evro to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
6 okt 2018, 21:59
"Barselona" qishki transferlar oynasi vaqtida "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini o'ziga jalb etmoqchi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" skautlari YCHL doirasidagi "Napoli" - "Liverpul" uchrashuviga tashrif buyurgan va himoyachining o'yinini tomosha qilgan.

Aytilishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini 65 mln evroga sotib olishga tayyor. Kulibali 2014 yilda "Genk"dan transfer qilingandi. U bu mavsumda A Seriyada 7 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal