Balotelli faoliyatini Turkiya yoki Braziliyada davom ettirishi mumkin
21 may 2020 13:03
Yangiliklar


Balotelli faoliyatini Turkiya yoki Braziliyada davom ettirishi mumkin
"Breshia"ning 29 yoshli hujumchisi Mario Balotelli joriy mavsum so'nggida klubdan ketishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga bir necha klublar qiziqmoqda. Gap Turkiyaning "Galatasaroy" va Braziliyaning "Vasko da Gama" klublari haqida ketmoqda. Ikki klub ham forvardning agenti bilan muzokaralarga kirishgan.
Qayd etish kerakki, Balotellining "Breshia" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Mario joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar