"Atletiko": asosiy tarkib o'yinchisida COVID-19 aniqlandi, qolganlar esa mashg'ulotlarni boshlashdi
09 may 2020 18:45
Yangiliklar


"Atletiko": asosiy tarkib o'yinchisida COVID-19 aniqlandi, qolganlar esa mashg'ulotlarni boshlashdi
Ko'plab La Liga jamoalari singari Madridning "Atletiko" klubi ham mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
Futbolchilar sport shaharchasida dastlabki individual mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
"Atletiko"ning braziliyalik qanot himoyachisi Renan Lodining mashg'ulotlardan oldin koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi. 22 yoshli o'yinchi Madriddagi uyida o'zini-o'zini izolyaciya qilgan va unda kichik alomatlar kuzatilyapti. Renan o'zini yaxshi his qilmoqda. Futbolchi so'nggi haftada 10 nafar jamoadoshi bilan uchrashgan va ular ham kuzatuvga olingan. Lodi ilk testdan 72 soat o'tgach, ikkinchi testni ham topshiradi va unda ham koronavirus aniqlansa, futbolchi rasman COVID-19'ga chalingan deb hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar