Arteta: “Hujumkor o'yin ishonchli g'alabamizga zamin yaratdi”
03 jan 2021 08:36
Yangiliklar


Arteta: “Hujumkor o'yin ishonchli g'alabamizga zamin yaratdi”
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel arteta APL 17-turida “Vest Bromvich” (4:0) ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Rojdestvo bayrami kunlarida o'tkazilgan uchta uchrashuvda g'alabaga erishish oson ish emas. G'alabaga bo'lgan ishtiyoqimiz yuqori bo'lganida, biz yaxshi o'yin ko'rsata olamiz. Bugun ham ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. O'yin oxirida biroz qiynaldik.
Birinchi golda Tirni yaxshi o'yin ko'rsatdi, ikkinchi gol ajoyib kombinaciyadan keyin kiritildi. Hujumda jamoa yorqin o'yin ko'rsatdi.
Ushbu uchrashuvda oldimizga qo'yilgan maqsadga erishganimizdan xursandman. Ayni paytda jadval mutlaqo boshqacha ko'rinish olgan. Biz o'zgacha ishtiyoq bilan o'ynaymiz va g'alabalar yigitlarga yanada ishonch baxsh etadi.
Ayni paytda o'yinimizda tartib o'rnatilgani -hujumda kreativ harakatlar, himoyada ishonch ko'zga tashlanmoqda”, dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar