"Tottenxem" "Vest Bromvich" darvozabonini xarid qilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 apr 2022
"Vest Bromvich" va Angliya terma jamoasi posboni Sem Jonstonga "Tottenxem" tomonidan qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, transfer yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin edi, biroq o'shanda "shporlar" asosiy e'tiborni Rodrigo Bentankur va Deyan Kulusevskini sotib olishga qaratgandi.

29 yoshli darvozabonning "Vest Bromvich" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu bois "Tottenxem" uni joriy mavsum yakunida qo'lga kiritish niyatida.

Angliyalik futbolchi Chempionshipning joriy mavsumida  33 ta o'yin o'tkazib, shulardan 14 tasida darvozasidan to'p olib chiqmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail