"Arsenal" asosiy futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi
10 may 10:46
Yangiliklar


"Arsenal" asosiy futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi
"Arsenal" Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Franciyalik bilan amaldagi kelishuv 2027 yil yoziga qadar davom etadi. Unga ayni damda "Real" davogarlik qilmoqda.
"Arsenal" esa futbolchisidan ayrilib qolgisi kelmayapti, klub sport direktori Andrea Berta futbolchining vakillari bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagan.
Saliba ayni damda "Arsenal"da yiliga soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda 10 mln funt maosh oladi. Jamoadagi eng ko'p maosh Kay Xavertcga belgilangan - 14,6 mln funt (soliqlar bilan).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar