Armaniston prezidenti "Manchester Siti" bilan arman futbolini rivojlantirishni muhokama qildi
20 avg 2019 15:21
Yangiliklar
Armaniston prezidenti "Manchester Siti" bilan arman futbolini rivojlantirishni muhokama qildi
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan "Manchester Siti" direktorlar kengashi raisi Xaldun Xalifa Al-Muborak bilan arman futbolchini rivojlantirishni tahlil qildi.
"Al Muborak prezident Sarkisyanga "Manchester Siti"ga egalik qiluvchi The City Football Group xoldingi faoliyati haqida so'zlab berdi.
SHu sababdan Armaniston futbolini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati xabariga qaraganda, Sarkisyan "Manchester Siti" akademiyasiga tashrif buyurib, "Siti"ning turli yosh toifasidagi jamoalari bilan tanishdi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" o'tgan mavsumda Angliyadagi barcha sovrinlarga ega chiqqan edi.
Fikrlar