Teo Ernandes: "Milan" men uchun eng asosiysi edi, so'nggi paytdagi chiqarilgan qarorlar meni shu erga etakladi"
11 iyu 2025 00:59
Yangiliklar
Teo Ernandes: "Milan" men uchun eng asosiysi edi, so'nggi paytdagi chiqarilgan qarorlar meni shu erga etakladi"
"6 yillik faoliyatdan so'ng "Milan" bilan hayrlashish vaqti keldi. "Milan"ga 2019 yili katta ishtiyoq bilan kelgandim. Bugun esa men bu erdan katta xotiralar, A Seriya va Italiya Superkubogidagi g'oliblik bilan ketyapman, eng asosiysi - kiyim almashtirish xonasida ko'plab muhim insonlar bilan tanishdim.
Yuragimdagi eng yaxshi izxorlar bilan jamoamdagilarga, menga ishongan murabbiylarga, ayniqsa, Paolo Maldiniga rahmat aytaman.
"Rossoneri"ning barcha muxlislaridan minnatdorman, ular qiyin paytda ham yonimda bo'lishdi. Sizlarning qo'llab-quvvatlashingizni doimo his qilib turganman. Buni umuman unutmayman.
Ketish qaroriga osonlikcha kelmadim. Shu erda bo'lishni doimo istaganman, "Milan" men uchun eng asosiysi bo'lgan. Biroq barchasi bir kishiga bog'liq emas ekan.
Klub tanlagan yo'l va so'nggi paytdagi chiqarilayotgan qarorlar klubning ambiciyalarini o'zgartirmoqda va aynan shu meni bu erga etakladi. Faoliyatimdagi bir sahifaning yopib, boshqasini ochish vaqti keldi.
Klubni boshimni tik ko'tarib tark etyapman, bu klub uchun bor kuchim bilan harakat qildim, muxlislar bilan orzularimni bo'lishdim va ularga xursandchilik keltira oldim. "Milan"ni chuqur hissiyotlar, umidlar bilan tark etyapman, bu klub tezda o'z o'rniga qayta oladi.
"Milan" doimo mening bir qismim bo'lib qoladi", - deb yozadi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Teo Ernandes "Al Hilol"ga o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar