"Paxtakor" yirik agentlik mijozi bo'lgan iroqlik futbolchiga ko'z tikdi
10 iyu 17:06
Yangiliklar


"Paxtakor" yirik agentlik mijozi bo'lgan iroqlik futbolchiga ko'z tikdi
"Paxtakor" Iroq terma jamoasi himoyachisi Zaid Tahsinga qiziqmoqda.
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev malumot berdi.
24 yoshli himoyachi Iroqning "Al Quva Al Javiya" jamoasi azosi bo'lib, o'tgan mavsum 35 o'yinda qatnashgan hamda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uni 450 ming evroga baholagan.
Malumot o'rnida, Federiko Valverde, Kyortis Jons, Denzel Dyumfris, Malo Gyusto, Manuel Akanji, Natan Ake, Jon Stounz va boshqa yulduzlar Tahsinning huquqlariga egalik qiluvchi Wasserman agentligi mijozlari hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Zaid Tahsin 2024 yil Qatarda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo Kubogida Iroq olimpiya terma jamoasi sardori bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar