Yamalning sog'lig'ida yana muammolar boshlandi
31 okt 23:55
Yangiliklar
Yamalning sog'lig'ida yana muammolar boshlandi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal oyog'idagi jarohati sababli el klasikoda to'laqonli o'ynay olmadi.
Jamoa murabbiylar shtabi ushbu holatni bilgan holda futbolchini maydonga tashlagan, lekin eng muhim vazifalarni yuklamagan.
Futbolchi buni to'liq tushungan. Shu sababli yana davolanish jarayonini boshlagan. Agarda og'riqlar saqlanib qolsa, Yamal xirurgik amaliyotlarga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi. Lekin hozircha bu variant ko'rilmayapti.
Yamal sentyabr oyida jarohat olib, bir qancha bahslarni o'tkazib yuborgandi. Keyinchalik yana ushbu muammosi futbolchini bezovta qildi.
Malumot uchun, Yamal ushbu mavsumda "Barselona" tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 3 gol va 5 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Fikrlar
Lekin futbol nuqtai nazardan Yamalning "starti" bilan Messining "starti"ni taqqoslansa Yamal har tomonlama ancha ustun.
Messi 2007 yilda Toshkentga kelganida ko'pchilik sezmagan ham, chunki u vaqtda katta yulduz emas edi.
Ya'ni Yamalda Messi darajasida emas, Messidan bir daraja yuqori bo'lish imkoniyati bor.
Neymarning ham imkoniyatlari Messidan yuqori edi, afsuski Messining yonida yurib iqtidorini uvol qildi.