Asror Aliqulov: "Sho'rtan"da kim ishlamasin yoki klubimizga kim aloqador bo'lmasin hamma g'alabani kutayotgandi"
31 okt 22:50
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Sho'rtan"da kim ishlamasin yoki klubimizga kim aloqador bo'lmasin hamma g'alabani kutayotgandi"
- O'yin haqida fikringiz?
- G'alaba uchun imkoniyatimiz kam edi, biroq bor kuch bilan o'ynadik. Chunki raqibimiz OKMKning qay darajada kuchli ekanini yaxshi bilasizlar. Bugungi g'alaba va o'yinga borini berishgani uchun futbolchilarga minnatdorlik bildiraman. Har bir o'yinda g'alabani maqsad qilyapmiz, lekin shu paytgacha o'xshamay kelayotgandi. "Sho'rtan" futbol klubida kim ishlamasin yoki klubimizga kim aloqador bo'lmasin hamma g'alabani kutayotgandi. Bugun shu ish amalga oshganidan xursandmiz. Har bir bahsda hujumga etibor qaratyapmiz, gollar uryapmiz, ammo gol ham o'tkazib yuboryapmiz. Oldinda uchta bahs bor va shu o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonish maqsadini qo'yamiz.
- Hisob 3:1 bo'lgan paytda nimadir bo'lib hisob tenglashib qoldi. Buni qanday izohlaysiz?
- Bilamizki, OKMK ko'proq qanotlardan hujum uyushtiradi. Shu bois raqibga qanotlardan hujum bermaslikka harakat qildik. Buni bazan uddaladik, bazan yo'q. Raqibning keyingi ikkita goli ham shu vaziyatda kiritildi. Bir nechta o'yindan beri himoyamizda xatolar kuzatilyapti. Zaxiradan tushadigan futbolchilarning ham o'yinga birdaniga kirishib ketishi og'ir kechadi.
- Demak, qanotlarda muammo bor, shundaymi?
- Muammo yo'q emas. Lekin ikkinchi tomondan urilgan gollar OKMK futbolchilarining mahoratiga ham bog'liq bo'ldi.
- Bugungi bahsda durang yoki mag'lubiyat "Sho'rtan"ni quyi ligaga tushirib yuborardi. Hisob 3:3 bo'lgach, xayolingizdan nimalar o'tdi?
- Hisob qanday bo'lmasin, qo'lni tushirmaslikka harakat qildik va buni doim yigitlarga uqtirdik. 3:1dan so'ng 3:2, undan keyin 3:3 bo'ldi. Lekin shashtni tushirmasligimiz kerak edi. Cho'kayotgan odam xasga yopishadi deb bekor aytishmagan. Qaysi holatdan bo'lsa ham foylanib qolishga harakat qilyapmiz. Doim sergak bo'lishimizga to'g'ri kelyapti.
- Penalti tepilayotgan paytda maydonga qaramadingiz.
- Avvaldan shundayman. Penaltiga qaray olmayman.
- Po'latxo'ja Xoldorxonovning gollari 7ta bo'ldi. U haqda fikringiz?
- Po'latxo'ja o'yin amaliyotisiz bir qancha vaqtni o'tkazib yubordi. Unga juda kam vaqt berildi. Imkon bersa gol uradigan futbolchi. Oxirgi uch kunlik mashg'ulotimiz ancha sermahsul kechdi. Ikki kun oldingi mashg'ulotda ham u ancha faol edi. Po'latxo'ja uchun xursandman.
- "Sho'rtan"da to'pni ushlab turish qobiliyati qanchalik shakllangan?
- Bu endi to'rtinchi o'yinimiz va hammasi birdaniga amalga oshib qolmaydi. Mashg'ulotlarda o'zimiz ishlaydigan uslub bor va shundan foydalanib kelyapmiz. Futbolchilarga doim shoshmaslikni uqtiramiz va to'pni to'g'ri kelgan tarafga tepib yubormaslikni aytamiz. Oddiy hollarda uzun to'p uzatishlarni taqiqlab qo'yganmiz. Xullas yana bir qancha ishlaydigan jihatlarimiz ko'p.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar