Niderlandiyalik mutaxassis "Bunyodkor" futbol akademiyasiga tashrif buyurdi
31 okt 2025 21:13
Yangiliklar
Niderlandiyalik mutaxassis "Bunyodkor" futbol akademiyasiga tashrif buyurdi
Akademiya rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar aksariyat mutaxassislar diqqat markazida turibdi. Jumladan yoshlar futbolini rivojlantirish xalqaro qo'mitasi eksperti Mishel Mommertc klub akademiyasiga tashrif buyurdi. Taniqli mutaxassis “Bunyodkor” futbol Akademiyasi direktori Shavkat Saidov va mutaxassislari bilan uchrashdi. Suhbat davomida evropalik mehmon so'nggi yillarda o'zbek futbolining xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlari, O'zbekiston (U-17) o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionligini qo'lga kiritgani, akademiya tarbiyalanuvchilari Abduqodir Xusanovning mashhur “Manchester Siti” klubi safiga qo'shilgani, Eldor Shomurodovning Turkiya super ligasida to'purarlar safida borayotganini alohida etirof etdi. Mishel Mommertc Niderlandiya futbol akademiyalari metodologiyasi, mahalliy murabbiylarning ish faoliyati, akademiya tarbiyalanuvchilarining katta futbolga o'tish jarayoni haqida malumotlar berdi va do'stona fikrlar almashildi. Kelgusida “Bunyodkor” futbol akademiyasi hamda xalqaro qo'mita o'rtasida hamkorlik ishlari davom ettirilishi ham aytib o'tildi.
Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis yaqinda ikki yulduzli “Al-Vasl” futbol akademiyasida bo'lganini, lekin “Bunyodkor”da yosh futbolchilarga yaratilgan sharoitlar u ernikidan ancha yaxshiroq ekanligini takidladi. “Bunyodkor” futbol akademiyasida yosh futbolchilarga yaratilgan qulay imkoniyatlar va mavjud futbol infrotuzilmasi ushbu futbol funkcionerida iliq taassurot qoldirdi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Хусановдек истеъдодни сезишмаган булса.