So’nggi yangiliklar

00:51Пеп Гвардиола: "Биз ҳали энг юқори даражамизда эмасмиз"  0 00:05Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди  17 23:55Ямалнинг соғлиғида яна муаммолар бошланди  5 23:35Эрон. "Истиқлол" ишончли ғалаба қайд этди  0 23:18Верратти Доннарумма ҳақида: "У ҳафа бўлганди"  1 22:50Асрор Алиқулов: "Шўртан"да ким ишламасин ёки клубимизга ким алоқадор бўлмасин ҳамма ғалабани кутаётганди"  0 22:45Суперлига. "Шўртан" – ОКМК 4:3  0 22:28Миржалол Қосимов: "Агар имкониятим бўлганида футболчилар миясига кириб иккинчи таймга нима хаёлда чиқишганини билган бўлардим"  4 22:10Гвардиола Родри ва Холанднинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 21:53Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалаба қозонди  0 21:31"Шўртан" 4 ой деганда ғалабага эришди  2 21:13Нидерландиялик мутахассис "Бунёдкор" футбол академиясига ташриф буюрди  1 20:51БАА. "Бани Яс" дуранг қайд этди, Шукуровдан ассист  2 20:29Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди  44 19:59"Реал" Хаби Алонсо хоҳишига биноан "Энфилд"да жамоавий машғулот ўтказмайди  22

Mirjalol Qosimov: "Agar imkoniyatim bo'lganida futbolchilar miyasiga kirib ikkinchi taymga nima xayolda chiqishganini bilgan bo'lardim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Agar imkoniyatim bo'lganida futbolchilar miyasiga kirib ikkinchi taymga nima xayolda chiqishganini bilgan bo'lardim"

Superliga 27-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - OKMK (4:3) uchrashuvidan so'ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida fikringiz?

- Ajoyib o'yin guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limdagi harakatlarimiz orqali yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Tanaffusdan keyin ikkinchi taymda qandaydir o'n daqiqa ichida ikkita to'p o'tkazib yubordik. O'ylashimcha, bu ruhiyat bilan bog'liq. Agar imkoniyatim bo'lganida futbolchilarimiz miyasiga kirib ikkinchi taymga nima xayolda chiqishganini bilgan bo'lardim. O'yinni yanada kuchaytirishni maqsad qilgandik. Afsuski, yutqazib qo'ydik. Penalti ham o'z xatomiz tufayli yuzaga keldi. Oxirgi golda esa darvozabonimiz qutqarishi kerak edi. Raqib o'yinchisi penaltini mahorat bilan amalga oshirdi. Oxirigacha kurashib hisobni 3:3 qila oldik, ammo yana ruhiyat sabab gol o'tkazib yubordik. Bugungi g'alaba bilan "Sho'rtan" jamoasini tabriklayman. Bugun kuchli xohish g'alaba qozondi.

- "Sho'rtan" turnir jadvalida oxirgi o'rinda boryapti. Birinchi davrada jamoalarning o'zaro bahsi 0:0 hisobida yakun topgandi. "Sho'rtan" OKMK uchun noqulay raqibmi yoki muammo OKMKning o'zidami?

- O'zi hammasi o'sha 0:0dan keyin boshlangandi. Lekin hamma ayb o'zimizda. "Sho'rtan"ni biz uchun noqulay raqib demagan bo'lardim. Futbolni aldab bo'lmaydi. Futbolchilar o'sishi uchun oxirigacha o'ynashlari kerak. Maydonda raqib ajratish yaxshi emas. Yana qaytarib aytaman, bugun muxlislar ajoyib o'yin guvohi bo'lishdi.

- OKMKning oxirgi beshta o'yinida bir durang va to'rt mag'lubiyat kuzatildi. Bu charchoq bilan bog'liqmi?

- Charchoqning bunga sira aloqasi yo'q. Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'yyapmiz, raqiblar esa kechirmayapti. Agar qiyin vaziyatda gol o'tkazib yuborsak buni juda yaxshi tushunaman. Ammo oddiy holatdagi xatolar haqida nima deyish mumkin.

- "Sho'rtan" ikkinchi taymda boshqacha o'ynadi, tezkor ikkita gol urib oldi. Shundan so'ng rejangizda o'zgarish yuzaga keldimi?

- 1:3 hisobida ortda borayotganimizda ham sinib qolmadik. Natijani tenglashtira oldik, ammo oxirgi gol standartdan keyin kiritildi. Futbolchimiz to'pni chiqarib yuborishga urindi, biroq o'xshamadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
31 okt 23:05:50
Барса1970
А а боллада айб йўқ
   
31 okt 22:46:43
rustam
КОГДА НЕ ЗНАЕШЬ ПРИЧИНУ ИЛИ ЕЕ СКРЫВАШЬ ГОВОРИ ПРО ПСИХИКУ! БАКАЕВ ТОЖЕ ТАК ГОВОРИЛ.
   
31 okt 22:44:13
FK Barselona
Miyasidagi fikrlar aniqku janob Qosmov."Vada qilingan pullar berilarmikan a "
   
31 okt 22:43:18
Кодиржон
Миржалол ака окмк телеграмм групасига бир караб куйсангиз яхши буларди айрим чичкоклар сизи хакоратлашганини сизи персонал мухлисиз сифатида хазм килолмадим узр декин акл ургатмокчимасман лекин унакларди хакорати тухматини жавобини бердириш керак ман ездим уларга узингни босвол деб ака омад кейинги уйинларда
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика