APLda penaltilar belgilashlar borasida o'zgartirishlar kiritilishi mumkin
05 avg 2021 08:30
Yangiliklar


APLda penaltilar belgilashlar borasida o'zgartirishlar kiritilishi mumkin
Yangi mavsumdan boshlab hakamlar nafaqat futbolchilar o'rtasidagi "kontakt"ga etibor berishadi, balki penalti belgilash uchun asos bor-yo'qligiga ham etibor berishlari lozim bo'ladi. Hakam penalti ishlagan futbolchi atayin raqib futbolchisiga borib to'qnashganiga ham jiddiy etibor qaratiladi.
Bu borada APL hakamlar qo'mitasi rahbari Mayk Rayli shunday dedi: "Endi penalti belgilash uchun birgina to'qnashuvning o'zi kamlik qiladi. To'qnashuv - hakam etibor qaratishi lozim bo'lgan birgina omil emas. Agar futbolchilar o'zaro to'qnashishsa bu erda o'yin qoidasi buzilganiga ham aniq etibor qaratish lozim. Agar qandaydir shubha bo'lsa, himoyachilar jazolanmaydi.
Penalti belgilash uchun kichik to'qnashuvlar emas, haqiqatdan ham o'yin qoidasi buzilgan bo'lishi kerak", - dedi Rayli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar