"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
08 iyu 16:22
Yangiliklar


"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
"Tottenxem" rasman "Kavasaki Frontale"dan himoyachi Kota Takai bilan kelishuv imzolaganini elon qildi.
20 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Takai – "Kavasaki" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 17 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan. O'shandan beri u barcha musobaqalarda 81 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va o'tgan mavsum klubning OCHL finaliga chiqishiga yordam bergan.
Yaponiya terma jamoasi safida 2024 yilning sentyabrida debyut qilgan va shu kungacha 4 ta o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati 2,5 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar