"Tottenxem", "Nyukasl" va "Napoli" Grilishga davogar
08 iyu 14:28
Yangiliklar


"Tottenxem", "Nyukasl" va "Napoli" Grilishga davogar
"Manchester Siti" vingeri Jek Grilish faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli angliyalik futbolchiga "Tottenxem", "Nyukasl" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda. "Siti" futbolchini 46 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Grilish 2024/25 yilgi mavsum "shaharliklar" libosida 32 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar