So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  0 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  2 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  5 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

APL. London derbisiga bag'ishlangan prevyu Yangiliklar

APL. London derbisiga bag'ishlangan prevyu

Bugun tunda Premer-liga 20-turini yakunlab beruvchi bahs bo'lib o'tadi.

"Tottenxem" – "CHelsi" uchrashuviga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

"Tottenxem" – "CHelsi"
05.01.2017, 01:00
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

Bugun tunda muxlislar 20-turning oxirgi qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishadi. "Boxing Day"ni yakunlab berish uchun ajoyib o'yin. Har ikkala jamoa ham o'zlarining mavsumdagi ikkinchi to'qnashuvlariga eng yaxshi formalarida etib kelishdi. Pochettino shogirdlari MYUdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin to'rttala o'yinda ham g'alaba qozonishdi, to'plar nisbati esa 13:3. Bugun mezbonlar g'alaba qozonishsa, eng principial raqiblari bo'lmish, "Arsenal"ni ortda qoldirib to'rtinchi o'ringa ko'tarilib olishadi. Bu ham futbolchilarga katta adrenalin bo'lishi shubhasiz.


"Aristokratlar" esa o'zlarining nafaqat Angliya, balki butun dunyoni qiziqtirib turgan fantastik seriyalarini davom ettirishga intilishadi. "CHelsi" Premer-liga uchun tarixiy bo'lib turgan natijani takrorlash ostonasida turibdi. Yani, bugun Konte shogirdlari uch ochkoni qo'lga kiritishsa, "Arsenal"ning ketma-ket 14 o'yinlik g'alabali seriyasini takrorlashadi.

Uchrashuvga ikkala klub ham katta yo'qotishlarsiz etib kelishdi. Mezbonlarda faqatgina Lamelada jarohat bor. Kayl Uoker va Yan Vertongenlar esa diskvalifikaciyadan so'ng yana safga qaytishadi.

"CHelsi"da esa vaziyat yanada yaxshiroq, hatto Jon Terri ham maydonga qaytishga yaqin. Lekin, Konte uni asosiy tarkibda tushirmasligi deyarli aniq.

Antonio Konte oldida tarkib borasida ikkita yaxshi muammo bor. Birinchisi, o'ng qanot hujumkor yarim himoyasida kim tushirilishi masalasi. O'tgan turda Villian dubl qayd etgan bo'lsa, o'sha uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan Pedro bir tur avval dublga erishgan edi. Bunday raqib bilan qarshi hujumda o'ynashga to'g'ri kelishi mumkinligini hisobga olsak, Villianni asosiyda ko'rsak kerak. Ikkinchisi, tayanch yarim himoyasida Kantega kim sherik bo'lishi. So'nggi uchrashuvlarda Fabregas ko'proq o'ynamoqda. Lekin, "Tottenxem"ning tezkor hujumlariga qarshi Matich foydaliroq.

Jamoalarning birinchi davradagi bahsida "shporlar" hisobni ochishganiga qaramay, "ko'klar" g'alabani ilib ketishgan edi. Bugun Pochettino o'sha uchrashuvdagi xatolarni takrorlamaslikka urinadi.

"CHelsi" uchun bugun raqibning hujum qilish yo'nalishlari juda katta muammolarni tug'dirishi aniq. Sababi, "Tottenxem" o'ng qanotdan ham, chap qanotdan ham, markazdan ham xavfli hujumlarni uyushtiradi. Har uchchala yo'nalish ham ularda kuchli. Uoker, Rouz, Son Xen Min, Alli, Eriksenlar raqib himoyasini esankiratib qo'ya oladi. Vanyama, Dembele va Eriksenlarning uzoq masofalardan beradigan zarbalari ham mezbonlarning hujum xilma-xilligini oshiradi. Keyn esa raqib jarima maydonchasida Angliyadagi eng xavfli futbolchilardan biri.

"CHelsi" esa qanotlarda Alonso va Mozesning qo'llab-quvvatlashi evaziga Azar va Villianni ishga ko'proq soladi. Markazga esa o'yinchilar almashib o'tishadi, yani Azar, Matich yoki Fabregas, Pedro yoki Villian va hatto Kosta ham markazda paydo bo'lib qolishi mumkin. Eng oldindagi Diego Kostani esa sovuqqon "killar" deb atasak bo'ladi.



Qiziq:

- "CHelsi" Premer-ligada "shporlar"ga qarshi boshqa klublardan ko'ra eng ko'p g'alaba (26)ga erishgan va eng ko'p gol urgan (92);
- Xarri Keyn chempionatda oxirgi 17 London derbisida 17ta gol urgan;
- "Ko'klar" 2012 yil oktyabridan buyon "Uayt Xart Leyn"da g'alaba qozonishmagan (2 durang, 1 mag'lubiyat), lekin "Tottenxem" uchun 2015 yil yanvardagi g'alaba, "CHelsi" bilan oxirgi 13ta o'yindagi yagona yutuq bo'lib turibdi;
- Antonio Konte APLda "CHelsi" murabbiylari orasida mehmondagi g'alabalar foizi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega (77,8 %);
- Bu Premer-ligada o'zaro 50 marotaba o'ynalgan birinchi qarama-qarshilik bo'ladi.

Murabbiylar fikrlari:

Antonio Konte: "Bunday o'yinlar katta ishtiyoq beradi. Endi bizning yurishimizni nafaqat "Tottenxem", balki boshqa jamoalar ham to'xtatishni istaydi. Agar o'yindan keyin ikkinchi o'rindagi klub bilan oradagi farq sakkiz ochko bo'lsa, bundan juda xursand bo'lamiz. Lekin, bu chempionat juda ham shavqatsiz va siz istalgan uchrashuvda ochko yo'qotishingiz mumkin".

Maurisio Pochettino: "Turnir jadvalida yuqorilashimiz uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim. Ularda yaxshigina ustunlik bor. Ammo, ayni paytda biz oradagi farqni biroz qisqartirishimiz mumkin. Angliyadagi neytral jamoalar bizni qo'llab-quvvatlashadi. "CHelsi"ni mag'lub etishimizni hamma istamoqda.

"CHelsi" ajoyib formada. Lekin, biz ham so'nggi paytlarda o'zimizga kelib olganmiz va o'z maydonimizda yaxshi natija qayd eta olamiz".


Tolibjon Qosimov

Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL
"Tottenxem" – "CHelsi" uchrashuvi natijasini quyidagi link orqali kuzatib borishingiz mumkin >>> LINK

Eplmanager.com saytida yangi sovrinli liga boshlanmoqda. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика