Enco Mareska: "O'yin uslubini o'zgartiramiz"

Mirjalol Normatov
21 iyun 2025, 18:24
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 2-turida "Flamengo"dan uchralgan mag'lubiyatga fikrlarini bildirdi.

"Flamengo" bu o'yinda g'alabaga loyiq edi. Biz kelasi mavsumda o'yin uslubini o'zgartiramiz. Bu turnirda yana bir o'yinimiz bor, unda yaxshi natijaga erishish uchun bor kuchimizni ishlatishga majburmiz.

O'yin 6 daqiqada umuman o'zgarib ketdi. Biz ketma-ket ikkita gol o'tkazib yubordik va qizil kartochka olib, raqibdan bir kishidan kam bo'lib qoldik. Garchi natijadan chiqib ketishga harakat qilgan bo'lsak-da, ishlarimiz o'xshamadi", - dedi Mareska.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi dastlabki ikki o'yinida bittadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan "Chelsi" navbatdagi o'yinini 25 iyun kuni "Esperans"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal