Asensio “Liverpul”ga rad javobini berdi

27 sen 2026, 11:22
Yozda “Real” himoyachisi Raul Asensioni uchta klub o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

Unga “Chelsi” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirgan. Shuningdek, futbolchi bilan nomi oshkor etilmagan turk klubi ham muzokara olib borgan.

Ammo, Asensio boshqa jamoaga o'tishdan bosh tortdi. Himoyachi Madridda qolishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchi o'zining mashaqqatli mehnati bilan Joze Mourinyuning ishonchini qozonishiga va o'zini ko'rsatish uchun yana bir imkoniyatga ega bo'lishiga ishonadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com