So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  4 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

APL klublariga mashg'ulotda niqob taqishni tavsiya qilishmoqda. Ular qanday bo'ladi va niqob bilan mashq qilishning iloji bormi? Yangiliklar

APL klublariga mashg'ulotda niqob taqishni tavsiya qilishmoqda. Ular qanday bo'ladi va niqob bilan mashq qilishning iloji bormi?

Bundan hamma ham xursand emas.



O'tgan haftada OAV Angliya Premer-ligasining "Qayta boshlash loyihasi" (Project Restart) - mavsumni davom ettirish global programmasi doirasida tuzilgan mashg'ulot protokoli haqida malumotga ega bo'lishdi. 7 sahifali talablar orasida quyidagilar bor edi: To'p, burchak bayroqchalari va barcha buyumlarni dezinfekciya qilish, futbolchilarning mashinalarini malum bir masofada to'xtash joyiga joylashtirish, tupurishni taqiqlash.

SHu bilan birga mashg'ulot vaqtida futbolchilarga niqob yoki sportchilar sharfini taqish tavsiya qilindi. Kundalik hayotda odat bo'lishga ulgurgan bu punkt savollarga sabab bo'ldi: Bu niqoblar qanday bo'ladi va intensiv jismoniy yuklamalarda halal bermaydimi?


"Brayton" forvardi Myurrey niqob taqish haqidagi tavsiyani "bemani" deb atadi. Edinburg universiteti professori rasmiy uchrashuvlarda ham niqob taqish "to'g'ri ish" bo'lishini aytdi

"Brayton" hujumchisi Glenn Myurreyga mashg'ulotlarda niqob taqish g'oyasi yoqmadi: "Premer-liga o'yin va futbolchilar darajasi tufayli dunyo miqyosidagi brendga aylandi. Ularni niqoblarga o'xshash kamchiliklar jahlini chiqaradi, bu tabiiy bo'lmaydi. Mashg'ulot davomida niqobni echib tashlashadi. Bu bemanilik. Odamlar nega futbol tezroq qaytishini istayotganini tushunyapman - men ham ularning safidaman, ammo bu to'g'ri yo'l bilan va kerakli vaqtda sodir bo'lishi lozim".

Endi Edinburg universiteti epidemiologi doktor Rouland Kao fikri bilan tanishamiz. APL niqob haqidagi malumotlarni elon qilishidan bir hafta avval u ehtiyot bo'lish kerakligini va Hatto o'yinlarda ham niqob taqish kerakligini aytgan edi: "Niqoblar o'zini emas, o'zgalarni himoya qilish uchun taqiladi. Ular qay darajada himoya qilishi borasida malumot yo'q, ammo maksimal darajada ehtiyot choralarini ko'rish lozim. Agar 300-500 kishi bir joyda yig'ilsa (jamoalar, televideniyachilar, stadion xodimlari, rasmiy shaxslar), infekciya manbalari ko'payishi ehtimoli katta".

Evropaning ko'plab mamlakatlarida jamoat joylarida niqob taqishni majburiyatga aylantirishdi. Biroq Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti saytidagi ko'rsatmalarga ko'ra, niqoblar inson salomatligiga foydasi haqida aniq malumot keltirilmagan.


APL klublari tog' havosi sharoitini taqdim qiluvchi niqob ishlab chiqaruvchisi - Altitude Mask kompaniyasiga murojaat qilishdi. Ular maxsus niqob yaratishdi

APL futbolchilari biz taqib yurgan niqoblarda mashg'ulot o'tkazishini tasavvur qilish qiyin.

"Sky Sports"ning yozishicha, Premer-liganing talablari bilan tanishgan bir qator klublar Dubayning Altitude Mask kompaniyasi bilan bog'lanishibdi.

Altitude Mask sport olamida o'zining maxsus "chidamlilik niqoblari" bilan mashhur. Ushbu niqob ichiga cheklangan miqdorda kislorod kirishi natijasida tog' atmosferasi kabi effekt paydo bo'ladi va sportchilar u orqali o'pka va mehnatga layoqatligini kuchaytirishadi. Garet Beyl, Dele Alli, Markus Reshford va bokschi Entoni Joshualar ushbu niqoblarda mashg'ulot o'tkazishgan.


Pandemiya tufayli kompaniya Altitude 95 nomli niqob ishlab chiqardi. Saytdagi malumotlarga ko'ra, filtrlarini almashtirsa bo'ladigan maska nafas olish organlarini 95% himoya qiladi va mashg'ulot davomida COVID-19 yuqishidan saqlaydi.

Uning narxi - 80 funt.


N95 filtri: kamida 95% himoyani taminlovchi bir martalik respiratorli filtr.

Klapan kislorod kirishini malum darajada cheklaydi

Silikon asos maskaga havo kirishiga qarshilik qiladi va niqobning shaklini saqlab turadi

Uning kamari niqobni yuzda ishonchli ushlab turadi

Altitude Mask asoschisi "Sky Sports"ga bergan intervda shunday dedi: "Uch kun ichida talab oshib ketdi, asosan Bundesliga va APL klublaridan, kompaniyaning mahsulotini Angliyaning 6-7 jamoasiga jo'natdik".


Endi tabbiyot bo'yicha bloger Artyom Rijenko fikrlariga etibor beramiz:

"95% himoyani taminlashi xuddi mahsulot sotilishi uchun aytilgan marketing so'zlariga o'xshaydi. Aslida esa bu ko'p marta foydalansa bo'ladigan, oddiy niqobdek ishlashi mumkin.

Ikkinchisi: Hatto niqob ishlab chiqaruvchining o'zi ham bu mahsulotni gipoksik mashg'ulotlar uchun yaratgan. Yani niqob tog'dagi kabi havo bosimini yaratadi va organizmni kislorod etkazib beruvchi zaxiralarni ishga solishga undaydi. Firma o'z mahsulotini kerakli barcha uskuna bilan taminlagan bo'lsada, nafas olishda qiyinchilik bo'lishi aniq.

Niqobda yurganingizda buni his qilgan bo'lishingiz kerak. Virus bilan ishlaydigan hamkasblarimning aytishicha, bu turdagi niqoblarda nafas olish qiyin, chunki uning havo o'tkazish yo'li chegaralangan. Top ligalarning mashg'ulot jarayoni haqida gapiradigan bo'lsak, intensiv mashg'ulot jarayonida u foydali bo'lishi va himoya qilishiga shubham bor.

Meni havotirlantirayotgan yana bir jihat mavjud. Futbol - to'qnashuvlar ko'p sodir bo'ladigan sport turi. Agar niqob yoki sportchilar sharfi (snud) kasallikni havo-tomchi yo'li bilan yuqishini oldini olsa, kontakt nima bo'ladi? Masalan, futbolchilar to'p uchun kurashib, bir-biriga tegib ketsa, ularning bir qismi virus yuqtirib olishi mumkin.

Bu borada tupirishlarni bekor qilish lozim. Mantiqni tushuntiray. Agar zararlangan futbolchi chimning biror joyiga tupirsa, masalan, boshqa futbolchi o'sha joyda yiqilib, unga qo'li bilan tegib, keyin yuzi yoki ko'zini artsa - u kasallanishi mumkin.

Kiyinish xonasini ham esdan chiqarmaslik kerak. U erda havo aylanishi ideal darajada bo'lmaydi va futbolchilar juda yaqin masofada bo'lishadi.

Mashg'ulotlarda hammasi oddiy - har bir futbolchini tekshirish va ularni bazada izolyaciya qilish oson, ammo o'yin kunlari matbuot, stadion xodimlari bor kuni nima qilasiz? Raqib jamoa yo'l-yo'lakay virus yuqtirib olgan bo'lsachi? Har kuni test o'tkazasizmi? Yoki kasallangan futbolchi bilan so'nggi ikki hafta davomida mashq qilganlarni karantinga olasizmi? Bu juda qiyin".



Demak, umumlashtiramiz.

1. Niqoblar virus tarqalishini cheklashga yordam beradi, ammo ularda nafas olish qiyin. Ayniqsa futbol o'yinida. Agar Altitude Mask ishlanmasi haqiqatdan ham 95% himoya qilsa va nafas olishni cheklamasa, bu haqiqatdan ham asosiy echim, biroq niqob marketing yo'li bo'lishiga shubha bor.

2. Tupirishni taqiqlash - to'g'ri qaror.

3. O'yin paytidagi kontaktlar borasida nima bo'lishi tushunarsiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика