Anzur Ismoilov: "Yordam kerak bo'lsa, terma jamoaga qaytishga tayyorman"
16 apr 2020 16:55
Yangiliklar


Anzur Ismoilov: "Yordam kerak bo'lsa, terma jamoaga qaytishga tayyorman"
"Paxtakor" himoyachisi Anzur Ismoilov O'zbekiston terma jamoasiga qaytishga tayyorligini bildirdi.
Futbolchi bu haqda saytimiz tomonidan tashkil etilgan "Tezkor studiya"ning onlayn videokonferenciyasida malum qildi.
"To'g'ri, o'yindan so'ng Vadim Abramov oldimga kelib, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi terma jamoalarga qarshi o'yinlarda ikkinchi qavatdagi ustunlikni taminlash uchun yordam berishimni so'radi. Men ham buni rad etmadim. Sababi men terma jamoaga yordam berish uchun doim tayyorman", - deydi Ismoilov.
Eslatib o'tamiz, tajribali himoyachi terma jamoadagi faoliyatini 2019 yilning sentyabr oyida yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar