So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Anvar G'ofurov: Yangi sahifa ochamiz Yangiliklar

Anvar G'ofurov: Yangi sahifa ochamiz

Aytish kerakki, karantin futbolchining qanchalar professional ekanligini ko'rsatib beradi.

Zero, professional o'yinchi bunday vaziyatlarda jismoniy holatni bir maromda ushlab turish yo'lini juda yaxshi biladi.

- Karantin vaqtida uyda o'tirgan bo'lsamda, zerikishni xis qilmayapman. Jismoniy holatimni bir maromda ushlab turish maqsadida shug'ullanayapman. Uy sharoitidagi mashg'ulotlarni to'xtatayotganim yo'q. Qolaversa, bo'sh vaqtim bo'ldi deguncha, kitob o'qiyman yoki internet orqali o'zimni qiziqtirgan mavzularni kuzataman, savollarimga javob izlayman. Albatta farzandlarim bilan birga kunimni mazmunli o'tkazishga harakat qilaman.

Karantindan keyin avvalgi jismoniy holatga qaytish qanchalik oson? O'ylaymanki, professional futbolchida bu borada hech qanday muammo bo'lmaydi. Bunday vaziyatlarda hamma uy sharoitida shug'ullanadi. Taxminimcha, shunday ham bo'lyapti. Mavsumni davom ettirishga ruxsat berilganidan keyin jamoalarda jismoniy holat bo'yicha muammo bo'lmasa kerak.

Superliga davom ettirilishni boshlagach yo'qotilgan kunlar hisobiga taqvim o'zgaradi va tig'ishlashadi. Buni plyus tomonlari ham bor. Xususan, barcha futbolchilarda o'yin amaliyoti ko'proq bo'ladi. Murabbiylarda tarkib bo'yicha rotaciya qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Zaxirada qolib ketayotgan o'yinchilarda o'zini ko'rsatish imkoniyati yuqori bo'ladi.

Karantin vaqtida hukumatimiz tomonidan aholiga turli talablar qo'yilmoqda. Bu albatta sog'lig'imizni o'ylab qo'yilayotgan talablardir. Biz mazkur talablarni hurmat qilib, ularga qatiy ravishda amal qilsak va bir musht bo'lsak, koronavirusni engamiz hamda hayotimizda yangi sahifa ochamiz, - deydi Anvar G'ofurov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика