So’nggi yangiliklar

11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16

Angliya bilan durang o'ynagan O'zbekiston, Ganaga gol urgan SHerzod Karimov, 2009 yilgi Misrda o'tkazilgan Jahon chempionatini yodga olamiz Yangiliklar

Angliya bilan durang o'ynagan O'zbekiston, Ganaga gol urgan SHerzod Karimov, 2009 yilgi Misrda o'tkazilgan Jahon chempionatini yodga olamiz

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'z tarixida ikkinchi marotaba 2009 yil Misrda o'tkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etgandi.

Bir yil oldin Saudiya Arabistonidagi Osiyo chempionatida barchani lol qoldirgan holda finalgacha etib kelgan vakillarimiz bir yo'lakay mundial yo'llanmasi bilan yurtimizga qaytishgandi.

Qura natijalariga ko'ra O'zbekiston Urugvay, Gana va Angliya bilan birgalikda “D” guruhidan o'rin oldi. Raqiblar qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilasiz, Andre Ayyu boshchiligidagi ganaliklar ushbu turnirni chempion sifatida yakunlashgan bo'lsa, Urugvay chorak finalgacha etib borgandi. Angliya tarkibida ham bir qator nomdor futbolchilar harakat qilishini inobatga olsak biznikilarning keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqishlariga imkoniyat deyarli kam edi.



Piramidalar mamlakatidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Ahmad Ubaydullaev shogirdlari Toshkentda Messi bilan mahorat darsida shuningdek yulduzli tarkibga ega “Bunyodkor” jamoasi bilan nazorat o'yinida maydonga tushadi. Xorijdagi yig'inlarda ham bir qator termalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashishadi. Murabbiy har bir futbolchini ko'zdan qochirmaslikga va nazorat qilib borishga etibor qaratdi, har bitta futbolchi mutaxassis kuzatuvi ostida bo'ldi. Bu paytga kelib bir qator futbolchilar Mirjalol Qosimov boshchiligidagi milliy terma jamoaga chaqirila boshlangan, Islom To'xtaxo'jaev, SHerzod Karimovlarga bir nechta o'yinlarda o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat berilgandi. Ayniqsa, To'xtaxo'jaev JCH-2010 saralashida ko'p o'yinlarni dastlabki daqiqalardan boshlab o'tkazganligi tajribasini oshirib borishga katta yordam berdi. Yoshlar terma jamoasidagi futbolchilarning aksariyati o'z klublarida etarlicha o'yin amaliyotga ega bo'lib kelayotganligi mundial oldidan biroz bo'lsada foyda berishi tayin edi. Futbolchilarimiz kuchli va darajasi yuqori termalar oldida o'zlarini yo'qotib qo'yishmagandi.



Masalan, keling birinchi turni olaylik, Gana yoshlariga qarshi maydonga chiqqan o'zbekistonlik futbolchilar raqib bilan deyarli tengma-teng kurash olib borgandi. Ganaliklar birinchi bo'limda o'yin tizginini ushlab turganiga qaramay termamizning tartibli himoyasini yorib o'tishga qiynalgandi. Ikkinchi bo'lim boshida yani 47-daqiqada sardor va etakchimiz SHerzod Karimov hisobni ochgach g'alabaga bo'lgan ishonch orta boshladi. Biroq, erta xotirjamlikka berilgan vakillarimiz bahsning oxirgi daqiqalariga borib jismoniy tomonlama toliqib qolishgandi. Buni murabbiy Ahmad Ubaydullaev quyidagicha izohlagandi: “Jahon chempionatida zaxiramiz torligi pand bergan, yana jismoniy jihatdan charchab qolganmiz. O'shanda birgina kichik yoshdagi Sardor Mirzaevni tarkibga qo'shib olgandim. Turnirdan oldin ko'p futbolchilarim jarohat olgandi. Gana bilan o'yinda gol urganimizdan keyin bollar ruhan xotirjamlikka berilishdi”. 60-daqiqada Osei Ransford muvozanatni tiklagach, oradan o'n besh daqiqa o'tib musobaqa to'purari Domenik Adiyax g'alaba to'pini kiritadi. O'sha chempionatdan so'ng mazkur futbolchiga Italiyaning “Milan” klubi jiddiy taklif bilan chiqib o'z safiga qo'shib olgandi. Lekin, Adiyax katta jamoada o'zini ko'rsata olmadi. Biroq, Andre Ayyu Evropaning bir qator nomdor jamoalarida to'p tepdi. Bizdan esa o'sha payt birgina Davron Mirzaev legioner maqomiga ega edi. Juda yoshligidan “Rubin”ga berib yuborilgan futbolchi aytarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmasdi. Eshitishimizga qaraganda bunday imkoniyat SHerzod Karimovda ham bo'lgan ekan.



Birinchi turda g'alabani qo'ldan chiqargan vakillarimiz ikkinchi turda yanada jiddiy raqib Urugvay bilan o'ynashadi. Lotin Amerikasi futbolchilari har tomonlama bizdan ustun edi va bu hisobda ham o'z isbotini topdi, 0:3. Keyingi yillarda ham ular bilan turli yosh toifalarida to'qnash keldik. 2011 Meksikadagi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida, 2013 yil Turkiyadagi yoshlar o'rtasidagi mundialda yo'llarimiz kesishdi.

Guruhdagi so'ngi bellashuvga kelib bizda ham, Angliyada ham keyingi bosqichga chiqish imkoni qolmagandi. Ingilislar ham xuddi biz kabi avvalgi ikki o'yinda mag'lubiyat qabul qilib olgandi. SHu sababdanmi yoki boshqamiz har holda futbolchilar bosimsiz harakat qilishadi. qarangki, bu o'yinda ham hisobni bizning futbolchilar ochishadi. 77-daqiqada Ivan Nagaev Kris Smollingdan o'tib raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. O'sha o'yinda hamyurtlarimiz darhaqiqat juda mazmunli va chiroyli o'yin namoyish qilishgandi. SHu bois oradan malum vaqt o'tgach Angliya futboli mutasaddilari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi bilan chiqishdi, bahs Londonda o'tkazilgandi.



Misr. U-20 Jahon chempionati – 2009. Guruh bosqichi.
1-tur
Gana – O'zbekiston – 2:1
Gollar:
Osei Ransford 60, Domenik Adiyax 74 – SHerzod Karimov, 47

2-tur
Urugvay – O'zbekiston – 3:0
Gollar:
Lodeiro 28, Urrevatichaya 62, Garsiya 83

3-tur
O'zbekiston – Angliya – 1:1
Gollar
: Ivan Nagaev 77 – Nimeliy Tchumeni 88.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Logotipimiz tushirilgan rasmlar muallifi Hasan Pirmuhammedov. Saytimiz o'quvchilari nomidan u kishiga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика