So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  1 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Bahrom Haydarov: "OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf"

Superliga 24-turidan o'rin olgan OKMK - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida fikringiz?

- OKMKdek jamoani yutish biz uchun katta sharaf. O'yinning boshida tezkor gol urib keyin chuqur himoyaga o'tdik va bu bizga qo'l keldi. Qolgan daqiqalarda o'z omadimizni qarshi hujumlarda sinab ko'rdik. Raqib safida to'p bilan yaxshi muomala qiladigan futbolchilar ko'p, lekin maydon holati bugun pand berdi deb o'ylayman. Shundan so'ng har ikki jamoa jamoa ham to'pni havolatib o'ynay boshladi. Tarkibimizda bo'ydor futbolchilar ko'pligi bugun foydamizga ishladi.

- "Qo'qon-1912"ning yaxshi sport formasini nima bilan izohlagan bo'lardingiz?

- Biz har doim bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Hato mag'lubiyatli seriya paytida ham shunday hozirlik ko'rganmiz. Birdaniga to'rt-besh nafar asosiy futbolchimizning yo'qligi, qolaversa moliyaviy muammolar ham pand berib qo'ygandi. Raqobatbardosh jamoa yig'a olmaganimiz ham ko'p bahslarda zararimizga ishladi. Hozir esa jamoamiz kuchiga kuch qo'shildi. Olmaliq jamoasidan Karimov bilan Dacini oldik, qolaversa Shohruh Gadoev ham o'yinimizni kuchaytirdi. Kuchli o'yinchilarni olishimiz natijasida jamoamiz o'yinida sifat oshdi. Gadoev golli to'p uzatishlarni amalga oshiryapti, Daci bilan Haydarov gollar uryapti.

- "Qo'qon-1912"ning uy stadioni maydoni ancha yaxshi bo'lib qolgan. Lekin o'zingiz aytib o'tgan biroz yomon maydonda bugun jamoangiz g'alaba qozondi.

- Bugungi uchrashuvda himoyalanish biz uchun oson bo'ldi. OKMK jarima maydonchasi atrofida to'pni ko'p ushlaydi. Lekin ichkariga oshirganda ular ko'proq havodan to'pni uzatishni maqul ko'rishdi. Bu esa bizga qo'l keldi. Bugun maydon ham bizga yordam berdi.

- Ikkinchi davrada "Qo'qon-1912" top-10ga kiradi deb aytib o'tgandingiz. Shu maqsad yo'lida jamoa to'g'ri ketyaptimi?

- Superliga yakunida qaysi o'rinni olishimizni bilmayman. Lekin maqsadimiz yuqoriga ko'tarilish. Chunki bu jamoamizdagi hamma uchun muhim. Futbolchilar narxi oshadi, jamoamiz obro'si ko'tariladi. Biz pley-off o'yinlaridan qochish uchun ham yuqoriga harakat qilishimiz kerak. Agar shuni bajara olsak birinchi mavsum yaxshi o'tdi desak bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика