Andrey Fyodorovning o'yin va o'zbek futboli haqidagi fikrlari
27 avg 2015 00:48
Yangiliklar


Andrey Fyodorovning o'yin va o'zbek futboli haqidagi fikrlari
Murod Ismoilov betobligi bois Muborakka tashrif
buyurdi lekin zaxira o'rindig'ida o'tirmadi va mehmonlar uchun ajratilgan
joyda kuzatib bordi.
"Mashal" uyida juda ham tashavvuzkor
o'yin ko'rsatishini bilar edik. O'tgan yili ham xuddi shunday o'yinda
imkoniyatni boy bergan edik. Farg'onada bo'lgan bahsda ham ajoyib o'yin
ko'rsatgan edi. O'yinni boshlanishi meni hayron qoldirdi. Biz boshidan
raqibdan hujumkor o'yin kutgan edik lekin unday bo'lmadi. Birinchi bo'limda
yomon o'yin ko'rsatmagan edik. Birinchi bo'lib gol urish ham nasib etdi.
Afsuski bo'lim oxirigacha buni saqlab qola olmadik. Bo'lim oxirida
toliqishdan so'ng gol qo'yib yuborishga majbur bo'ldik. Bu esa "Mashal"ga
ruhiy madad, bizni yigitlarga zarba bo'ldi. SHunga qaramay tanaffusda
yaxshi gaplashib olgan edik. O'yin yo'nalishini o'zgartish maqsadiga gaplashib
oldik. Ikkinchi bo'lim boshidan kiritilga gol esa natijaga tasir
o'tkazdi. Yochinish xonasidan kechroq chiqdim. SHu bois golni ham ko'ra
olmadim. O'yin durangga mos edi. Biz mag'lubiyatga munosib emas edik" , -
deydi Andrey Fyodorov
- Terma jamoamizning tarixidagi eng kuchli himoyachi sifatida "Neftchi"ning bugungi himoya borasida qanday fikrdasiz?
Himoyamiz
juda yomon o'yin ko'rsatdi. Negaki ular yo'l qo'yishi umuman kerak bo'lmagan
xatoni qildi. Oliy ligada bunday xato qilishga hech bir himoyachini haqqi
yo'q.
- Neftchi boy tarixga ega. Uning tarixi juda ham
kuchli lekin bugunichi ? Hozirgi futbol haqida qanday fikrdasiz va nima
etishmayapdi?
Men ikki yildan buyon "Neftchi" jamoasi bilan
birgaman. Hozirgi futbolchilarga barqarorlik etishmayapdi. "Neftchi"ning
bugungi holatiga ham aynan mana shu narsa sababchi. Tarkibni bir maromda
saqlab turish kerak. Bu nima degan gap. Bir yilda sakkizta futbolchimiz
asosiy tarkibdan yangilandi. Futbolda tez-tez yangilanish bilan jamoani
bir maromda ushlab turish juda ham qiyin. Yigitlarni jamoaga ko'nikishi va
bir birini tushinishi ham qiyin kechadi. Maqsadlarimizni va
o'ylaganlarimizni ularni ongiga singdira olmaymiz. Bu butun o'zbek
futbolini muammosi. Afsuski hozir bizni futbol shunday ahvolda. Hamma
futbolchi bir yilga yoki yarim yilga shartnoma imzolaydi. Yanagi yilda esa
yana boshqa jamoaga ko'chib ketaveradi. Biz o'ynagan vaqtda barqarorlik,
vatanparvarlik, sodiqlik degan narsalar bor edi. Bir jamoada besh-olti
yil birga o'ynab borar edi. Hamma bir-biri bilan do'st, aka-uka
bo'lardi. Butun jamoa bugun murabbiy nimani istayotganini , uning
qarashini bilib olsa bo'ladigan darajaga etib borar edik. Murabbiylarni
ko'rsatmalarini esa so'zsiz tushinib borar edik. Hozir unaqa futbolchini
topishni o'zi bo'lmayapdi. Butun o'zbek futbolida shu narsa ketmoqda. Bir
yil davomida O'zbekiston terma jamoasi o'yinlari, klublarning xalqaro
o'yinlari va Oliy liga bahslaridan ko'plab o'yinlarni ko'rdim. Hozirgi
yoshlar ozgina bo'lsa ham qiyinchilikka dosh bera olmaydi. Ko'pchiligi juda
ham sabrsiz. CHetdan qaraganda buni yaqqol sezsa bo'ladi. Bular meni
shaxsiy fikrlarimiz. Hozirgi futbolchilarni maqsadi birinchi navbatda
futbol bo'lmay qolgan. Ular boshqa narsalarni orzu qiladi. Bunaqa
futbolchilarni o'yinga tayyorlash juda ham qiyin bo'ladi. Nafaqat
"Neftchi"ning balki o'zbek futbolining ham eng asosiy dushmani mana
shulardir.
- Akmal Xolmatov jamoa sardori sifatida yaxshi o'yin ko'rsatib borayotgan edi. Nega zaxiraga olishni afzal ko'rdingiz ?
Biz
goldan so'ng ikki hujumchi bilan o'ynashni istadik. Zaxiraga esa yoki
Akmalni, yoki Mansur Saidovni olishim kerak edi. Mansur yaxshiroq formada
bo'lgani bois uni saqlab qolgan holda Akmalni oldim va ikki hujumchi bilan
o'ynadik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar