So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Asror Aliqulov: "Ayrim futbolchilarimiz Superliga darajasiga tayyor emas" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ayrim futbolchilarimiz Superliga darajasiga tayyor emas"

Superliganing 13-turi doirasida "Mashal" - "Nasaf" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda "Nasaf" jamoasi yaxshi futbolchilarga ega ekanligini eslatib o'tmoqchiman. Shuning uchun biz bo'shliq qoldirmaslikka intildik. Zonalarda bir kishi ko'proq bo'lishga intildik. Afsuski, birinchi golda o'zimiz to'pni yo'qotdik va raqib bizni jazoladi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik va gol urdik. Sustkashlikka yo'l qo'ydik va ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Keyin esa biz "vabank"ga bordik. "Nasaf" esa yana bizni jazoladi" - dedi Asror Aliqulov bahs yakunlangach.


- "Mashal" ikkinchi bo'limda "Nasaf"ga ochiq futbol taklif qildi. Jamoangiz bugun himoyaviy futbol bilan natijaga erishishi osonroq bo'lmasmidi?

- Biz hisobda ortga borayotgan edik. Shu sababli hujumkorlikni oshirmasak bo'lmasdi. "Nasaf"dan to'pni olib qo'yish qiyin. Jamoada terma jamoa futbolchilari ko'p. "Nasaf" to'pga egalik qilish bo'yicha haqiqiy grand jamoa. Biz raqibga bosim uyushtirdik va xatoga yo'l qo'yishga majbur qildik. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik va gol kiritdik. "Nasaf" bugun tezlik va to'pga egalik qilish jabhalarida ustunroq edi.

- "Mashal" birinchi bo'limni juda sust o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda esa ancha jonlandi. Birinchi taymni ham shunday boshlash mumkin edimi?

- Bu erda futbolchilarning Superligaga ruhiy tayyorgarligi muhim. Biz to'pni nazorat qilyapmiz va har bir jamoa bosim uyushtiradi. Biz esa o'sha vaziyatlarda to'pni yo'qotdik. Mag'lubiyatga uchrayotganimiz sababli, ruhiy bosim ham bor edi. Ayrim futbolchilarimiz Superliga darajasiga tayyor emas. Namoyish etgan o'yinimiz taktikaga bog'liq emas.

- Tanaffusda futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz? 

- Biz bo'shliqlarni yopdik, birinchi bo'limda himoyachilar o'rtasida bo'shliqlar bor edi. Tanaffusdan so'ng esa ularni bartaraf etdik. "Nasaf" darvozabon orqali hujumga chiqayotgan pallada bosim uyushtirdik. O'zimiz yaxshi vaziyatlar yarata boshladik va raqibning hujumlarini bartaraf etdik.

- Uchta golda ham himoyachilar xatoga yo'l qo'ydi deb o'ylaysizmi?

- O'zim ham himoyachi bo'lganman. Ushbu poziciyaga ko'p etibor beraman. Ko'pgina bo'ydor himoyachilarimiz boshqa tomonlama oqsaydi. To'p bilan yaxshi muomala qiladigan himoyachilarimiz esa, bosh bilan sustroq o'ynaydi. Ushbu masalada selekciya bo'yicha kamchiliklarga yo'l qo'yganmiz. Bir tomonni to'g'rilasak, ikkinchi muammo kelib chiqadi. Shunda ham "Nasaf" bir nechta vaziyatlarda bizni kechirdi.

- "Mashal" mavsumni juda kam smeta bilan boshladi. Transferlar oynasida ochilganida jamoada o'zgarishlar bo'ladimi?

- O'zgarishlar qilishimiz kerak. Bu masala ko'proq smetamizga bog'liq. Superligada kurashish uchun sifatli futbolchilar kerak. Raqiblar juda kuchli. Biz hozir jamoaviy o'yin orqali ochkolar yig'ishga harakat qilyapmiz. Ikkinchi davrada og'ir o'yinlar soni ko'payadi.

- Ayrim jamoalar bilan solishtirganda "Mashal" ancha yaxshi jamoa bo'lib shakllanmoqda. Lekin moliyalashtirish juda kam. Bunga qanday erishyapsiz?

- Smeta haqida o'ylamayapmiz. Sababi futbolchilar ushbu moliyalashtirishga ko'ngan. Barcha maoshlar vaqtida to'lanyapti. Biz faqat futbol haqida o'ylayapmiz. Jamoa tuzish va yaxshiroq natijalarga erishishda murabbiylar shtabi ham juda katta ishni bajarmoqda.

- Muborakka futbol qachon qaytadi?

- Bilmadim. Asosiy muammolar chim va VAR bilan bog'liq. Yaxshi futbolchi uchun uyda yoki raqib maydonida o'ynash hech qanday tasir o'tkazmasligi, har qanday o'yinga tayyor bo'lishi kerak.

- Demak, "Mashal" joriy mavsumda o'z uyida o'ynamaydi?

- Chimni almashtirish oson emas. Maydon holati yomon emas, ammo maydon qoplamasi talablarga javob bermaydi. Uni almashtirish esa juda ko'p vaqt talab etadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика