So’nggi yangiliklar

00:00"Челси" - "Лос-Анжелес"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  4 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  8 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  5

Andrey Fyodorov: "Pandemiya yaxshi tayyorgarlik ko'rishga xalaqit beryapti" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Pandemiya yaxshi tayyorgarlik ko'rishga xalaqit beryapti"

17 avgustdan ikkinchi bor Superliga o'yinlariga restart beriladi.

"Lokomotiv" 10-tur uchrashuvini AGMKga qarshi "Bunyodkor" stadionida o'tkazadi. Xabaringiz bor, navbatdagi to'rtta tur markazlashgan tartibda neytral stadionlarda bo'lib o'tadi. Restartga oz qolganda "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi. 


Superliga restartiga tayyorgarlik haqida

- O'yinlarga tayyorgarlik ko'rish oson bo'lmayapti, chunki bazi sabalarga ko'ra tez-tez rejalarimiz o'zgarib turibdi. Avvalo insonlar sog'lig'i birinchi o'rinda ekanini juda yaxshi tushunib turibmiz. Bir nechta futbolchilarimiz koronavirusga chalinib, tuzalib ham bo'lishdi. Bu esa kishini xursand qiladi. Qo'ldan kelgancha jamoani bir xil saviyaga ko'tarishga harakat qilyapmiz. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik: "Buxoro" va birinchi liga klubi "Rubin"ga qarshi. Bu o'yinlar orqali jamoa holatini yana bir bor ko'rib oldik.


Jamoadan ketganlar haqida 

- Uch nafar futbolchi bilan xayrlashdik. Bular - Ignatiy Nesterov, Oybek Qilichev va Davron Hoshimov. Albatta, asosiy tarkib azosi bilan xayrlashish har doim qiyin bo'lgan va bu futbolchilarning yo'qligi baribir o'z tasirini ko'rsatadi. Lekin biz mavjud tarkib bilan oldinga harakat qilishda davom etamiz. 


Jamoaga yangi futbolchilar kelishi haqida 

- 10 avgustdan yozgi transfer oynasi ochildi. Lekin kimdir keladimi-yo'qmi, bu haqda aniq bir gap ayta olmayman. Barchasi klub rahbariyati bilan o'zaro maslahatlashgan holda amalga oshiriladi. 


Superligada navbatdagi raqib haqida

- AGMK yaxshi klub. Bu jamoa ushbu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Lekin hozir ularning holati haqida hech narsa bilmaymiz. AGMK Superligada yutqazmagan yagona klub bo'lib turibdi. Lekin har qanday seriya baribir yakun topadi. Balki biz bilan o'yinda ular mag'lubiyatga uchrar. 


Markazlashgan chempionat haqida 

- Hozirgi sharoitda buni to'g'ri yo'l deb o'ylayman. CHunki pademiya sabab ko'p joylarda chempionat markazlashgan tartibda o'tkazilyapti. Eng muhimi, o'yinlarni o'tkazish, bu har holda umuman o'ynamagandan yaxshiroq. Futbol ichidagilarning o'z sevimli ishlari bilan shug'ullanishi - eng yaxshi narsa.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика