“Andijon” o'z maydonida “Bunyodkor” bilan o'ynaydi?!
07 noy 2013 21:45
Yangiliklar

“Andijon” o'z maydonida “Bunyodkor” bilan o'ynaydi?!
Aftidan "Bunyodkor" vodiyga safar uyushtiradigan ko'rinadi.
Bir yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgan “Andijon”ni bu yilgi chempionatni 2-o'rinda yakunlaganidan xabaringiz bo'lsa kerak.
Garchi birinchi liga o'yinlari o'tgan oyning oxirlarida o'z poyoniga etgan bo'lsada, “burgutlar” tatilga chiqmadi. Futbolchilar ayni damda o'z qarorgohida kuniga bir mahaldan engil mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu bejiz emas.

Olingan malumotlarga ko'ra, Azamat Abduraimov jamoasi 13 noyabr kuni “Bunyodkor” bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mamlakat chempioni bo'lishga juda yaqin turgan “qaldirg'ochlar” kelasi haftaning chorshanba oqshomida Andijonga safar uyushtiradi. Norasmiy xabarlarga ko'ra, har ikkala klub bu borada o'zaro kelishuvga erishgan.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi bahs shahardagi “Sog'lom Avlod” stadionida 14:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar