So’nggi yangiliklar

02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  3 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  1 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  20 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  6 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  5 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  18 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  18 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0 19:20"Ливерпуль" Adidas билан шартнома имзолади  1 18:56"Барселона" Бразилия терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  1 18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  6

"Andijon"ning bolgariyalik topilmasi: "O'ylaymanki, ikkinchi davrada hammasi yaxshi bo'ladi" Yangiliklar

"Andijon"ning bolgariyalik topilmasi: "O'ylaymanki, ikkinchi davrada hammasi yaxshi bo'ladi"

So'nggi yillarda chempionatimizga tashrif buyurayotgan legionerlar saviyasi tushib borayotgani hech birimiz uchun yangilik emas.

Biroq klublarimiz yaqin mavsumlarga kelib bu borada oldinga siljishga harakat qilishmoqda. Hususan joriy mavsumda "Andijon" safida to'p tepayotgan bolgariyalik himoyachi Plamen Dimov o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Himoyadagi ishonchli harakatlari, jamoada etakchilikni qo'lga olishga intilayotgani ko'pchilikka manzur kelmoqda. Biz 14-tur uchrashuvlari boshlanishidan oldin Plamen Dimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- "Andijon" uchun ham, "Turon" uchun ham o'tgan turning ahamiyati yuqori edi. Boisi ikki jamoa turnir jadvalida so'nggi o'rinda borayotgan, Superligada jon saqlash uchun kurashayotgandi. Uchrashuvning muhimlilik darajasi faqat shu omillarga bog'liq edimi? Keling dastlab shu haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

-  Jamoalarning holati tengligimi bilan birga o'yin derbi maqomida edi. Ikki jamoa uch ochko suv va havodek zarurligi bois maydonga katta bosim bilan chiqishdi. Ko'rgan bo'lsangiz kurashlar ko'p bo'ldi. Qaysidir manoda "Turon" bilan durang qoniqarli, deya olaman. Bir ochko ham ochko hisoblanadi. Raqib jarima maydonchasi ichida ko'plab golli vaziyatlar yaratganimizga qaramasdan bittadan ortiq gol ura olmadik. Endilikda bor etiborimiz "Qizilqum" bilan uchrashuvga qaratilgan. 

- Jamoani ikkinchi davraga Yorqin Nazarov tayyorladi. Tan olish kerak ushbu murabbiy boshqaruvida "Andijon" o'yinni yaxshi yo'lga qo'ya oldi, raqiblariga juda yaxshi qarshilik ko'rsatdi. SHunday ekan Viktor Kumikovning kelishi taktika va sxemani o'zgartirib yubormadimi? 

- To'g'ri aytdingiz. Birinchi davra oxiriga kelib chempionatning top 3ta klubi bilan tengma-teng o'ynadik. Jamoamizga shunchaki tajriba etishmadi. Bilasiz tarkibimizda bu yil katta futbolda debyut qilayotganlar bor. Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida tarkibimizga legionerlar kelib qo'shildi. Ular bilan ham bir-birimizni tushunib olishimiz uchun biroz vaqt kerak. Hozirda shu jarayon ketmoqda. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. 

- O'zbekistonga kelayotgan xorijlik futbolchilarning chempionatimizga moslashishi turlicha kechadi. Ayrimlari tezda kirishib ketadi, yana bazilarida bu uzoq vaqt talab qiladi. CHempionatimizga ko'nikib ketdingizmi?

- Menda moslashish juda tez yuz berdi. Maydonga tushgan zahotim jamoadoshlarim bilan bir-birimizni tushunib oldik. O'zbekistonda futbolni yaxshi ko'rishadi. Muxlislar stadionlarda ajoyib muhit hosil qilishadi. Klublar esa kerakli sharoitlarni yaratib berishga intilishmoqda. Maydonlar esa futbol o'ynash uchun qulay, deya olaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика