So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Aleksandr Xomyakov: "Bu o'yin natijasini jangovor durang deb hisoblayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bu o'yin natijasini jangovor durang deb hisoblayman"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalambor barchani Superliganing ochilishi bilan tabriklayman. Tomoshabop o'yin bo'ldi. Har ikki jamoada g'alaba uchun etarlicha imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Tushunaman, ilk turda hayajonlar bo'ladi. Vaziyatlardan foydalana olmagan holatlarimiz o'yin davomida ko'zga tashlandi. Jamoalar g'alaba uchun kurashdi. Takidlash joiz, men bu uchrashuvni jangovor durang deb aytgan bo'lardim.

- Pro-ligadan endigina qo'shilgan jamoa maydonidagi durang natijaga qanday izox bergan bo'lardingiz?

- "Qo'qon-1912" o'z maydonida o'ynaydi. Barcha jamoalar ochilish uchrashuvida g'alabani istaydi. Bizga oson bo'lgani yo'q, hozir hamma futbol o'ynashni biladi. Harakat qildik, biroq chempionatning ilk o'yinida turlicha holatlar jamoa borini ko'rsatib bera olishiga tasirini ko'rsatadi.

- Birinchi bo'limda jamoangiz yorqinroq o'ynayotgan edi. Ikkinchi bo'limda o'yin bir oz sustlashib qoldi ...

- Ha, albatta bugun chempionatning birinchi o'yini bo'lgani sabab turli kamchiliklar ko'zga tashlandi. Xotirjamroq o'ynashga intildik. Ikkinchi bo'limda yangi kuchlar qo'shildi, biroq baribir hammada hayajon kuzatildi. Tanaffusdan so'ng dastlabki daqiqalarni himoyada o'tkazishga majbur bo'ldik. Keyinroq gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi. Vaziyatlarni samarali yakunlashda xatolarimiz ko'zga tashlandi.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика