So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

Superliga. "Qo'qon-1912" va "Andijon" mavsumning ilk turida bir ochkodan bo'lishib oldi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" va "Andijon" mavsumning ilk turida bir ochkodan bo'lishib oldi

"Qo'qon-1912" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 1-tur uchrashuvi yakunlandi.

“Qo'qon-1912” — “Andijon” 1:1

08.03.2025. Qo'qon, "Markaziy" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Dostonbek Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umurzoqov

Zaxira hakami: Abduvohidov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Maksim Nexochin

Gol: 0:1 – 36, Rustam Turdimurodov (Abdulvohid G'ulomov), 1:1 – 43, Andro Giorgadze.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isoqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyor Qosimov, 10.Husniddin G'ofurov (18.Bahrom Abdurahimov, 57), 11.Shahzod Beshimov (69.Egor Kondratyuk, 56), 14.Jasur Xolto'raev (9.Javohir Husanov, 86), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov (17.Alisher Xayrullaev, 86), 22.Muhammadanas Hasanov (23.Bekjon Jo'raboev, 69), 44.Andro Giorgadze.

Zaxira: 1.Rustam Nartadjiev, 5.Jasur Yoqubov, 15.Zafar Hakimov, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 33.Oleg Zoteev (14.Abdurahmon Komilov, 90+2), 4.Islombek Mamatkazin, 66.Miomir Jurichkovich, 22.Usmonali Ismonaliev (23.Doniyor Abdumannopov, 73), 5.Abdulvohid G'ulomov, 9.Mirzad Mehanovich (11.Islam Mashukov, 73), 8.Iskandar Shayqulov (6.Altin Kreziu, 90+2), 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farhod Sohibjonov, 80), 26.Muhammadkarim Toirov, 7.Rustam Turdimurodov. 

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardor Azimov, 32.Luka Uskokovich.

Ogohlantirishlar: Miomir Jurichkovich (44), Shahzod Akramov (48), Islombek Mamatkazin (81).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. "Andijon" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

89. Zarba! Abrahimov tepgan to'pni Rahimov egallab oldi.

86. "Qo'qon-1912"da ikki o'zgarish amalga oshirildi. 

85. Mezbonlarda ketma-ket ikki xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo omad etishmadi.

83. Qosimovning jaorimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

81. Mamatkazin raqib futbolchisi Kondratyukni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

80. "Andijon"da yana bir o'zgarish sodir bo'ldi.

Uchrashuvga 6 ming tomoshabin tashrif buyuribdi.

73. "Andijon" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

71. Zarba! Chap qanotdan uzatilgan to'pga Xolto'raev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.

69. "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgariish amalga oshirildi.

68. "Andijon" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Uzatma Mamatkazinning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

63. Xolto'arev–Abdurahimov kombinaciyasidan so'ng mezbonlar raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq himoyachilar vaziyatni bartaraf etdi.

60. Zarba! Mehanovich tomonidan pastki burchak tomon berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.

59. Zarba! Turdimurodovning zarbasiga Andro Giorgadze to'g'anoq bo'ldi.

57. "Qo'qon-1912" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

55. Zarba! Mehmonlar tomonidan yo'llangan jarima zarbasini Azizxon Isoqov qaytardi.

54. Turdimurodov Toshtemirov tomonidan to'xtatib qolindi. Standart vaziyat.

53. Zarba! Mehanovichning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

52. Zarba! Xolto'raevning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

49. "Andijon"ning jarima uzatmasi Jurichkovichdan maydonni tark etdi.

48. Ismonalievni qo'pollik bilan to'xtatgan Akramov ogohlantirildi.

46. Zarba! G'ulomovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xolto'raevni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Miomir Jurichkovich ogohlantirildi.

43. GOL! Qosimovning jarimadan tepgan to'pini Rahimov qaytardi. Qaytgan to'pni Andro Giorgadze "Andijon" darvozasiga joylab qo'ydi!

42. Fol. Toirov Hasanovni qoidabuzarlik evaziga to'xtatdi.

41. Malikjonovning chap qanotdan uzatmasi ko'ngildagidek chiqmadi. 

38. Xavfli vaziyat! G'ofurovning zarbasi himoyachilardan biriga tegib, maydonni tark etdi.

36. GOL! G'ulomovning uzatmasidan so'ng Turdimurodov bosh bilan to'pni "Qo'qon-1912" darvozasiga joylab qo'ydi!

34. Hasanovning jarimadan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

32. Abdumannonov raqib jarima maydonida yiqildi, Salimov qoida buzmagan holda to'pni olib qo'ydi.

30. Zarba! Azizxon Isoqov Mexanovichning jarimadan tepgan to'pini qaytardi.

29. "Qo'qon-1912" jarima maydoni yaqinida Mexanovich yiqitildi. "Andijon"da standart vaziyat yuzaga keldi.

27. Zarba! Xolto'raevning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

25. Giorgadze maydonda yotibdi. Hakam unga maydon tashqarisiga chiqib yordam olishi kerakligini aytdi.

23. Burchakdan uzatilgan to'pni Toshtemirov bartaraf etdi.

23. Zarba! Mexanovich tomonidan tepgan to'p raqib himoyachilariga tegib, maydonni tark etdi.

22. G'ofurov olis masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, lekin to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. 

21. Abdumannonov "Qo'qon-1912" jarima maydoniga kirib bordi, ammo raqib himoyachilari tomonidan to'xtatildi.

19. Hasanov "Andijon" jarima maydoni yaqinida yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

16. Xavfli vaziyat! Abdumannon katta tezlikda oldinga borib, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq havodan kelayotgan to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

16. Qosimovning jarimadan uzatmasi hech kimga tegmagan holda maydonni tark etdi.

14. Xolto'raev markazdan katta tezlikda oldinga borayotgandi, biroq u Shayqulov tomonidan to'xtatildi.

12. Yon hakamning texnik vositasi joyidan qimirlagan ko'rinadi, unga texnik yordam ko'rsatildi.

11. Fol. Toirov Beshimov tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi.

6. Malikjonov o'ng qanotdan bir raqibini ortda qoldirib, oldinga borayotgandi, biroq Toirov uni to'xtatishga erishdi.

3. "Qo'qon-1912"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo Mamatkazin ishonchli harakat qildi.

1. O'yinni mezbonlar boshlab berdi.

Bugun "Qo'qon-1912" ko'k, "Andijon" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+4   
08 mar 21:31:24
Баходиржон 1912
Охирги ўн минут қўқон яхши кўринди лекин ўйин тенг бўлди .Андижон мухлисларига алоҳида рахмат. Соғ-саломат йетиб олинглар.
+2   
08 mar 20:24:33
Ilyosjon Turdaliyev
Qo'qon omad
+2   
08 mar 19:39:58
Баходиржон 1912
Қўқон олға .биринчи турда ғалаба билан бошлаймиз.олға Қўқон.
+2   
08 mar 19:35:48
Bakhtiyor Akbarov
Бугун Қўқон-Андижон ўйинига қўшни Ўш, Жалолобод, Боткентдан ва Андижон, Фарғона, Марғилон, Намангандан жуда кўп мухлислар келган...
+1   
08 mar 22:30:30
ZF
Hammasi uchun rahmat Bollar.
Qo’qonliklarga chiroyli mehmondo’stlik uchun rahmat alohida
+1   
08 mar 21:16:58
Баходиржон 1912
Ҳар икки жамоа бир бирига мос экан
+1   
08 mar 21:16:45
Баходиржон 1912
Ҳар икки жамоа бир бирига мос экан
+1   
08 mar 21:16:19
Баходиржон 1912
Ҳар икки жамоа бир бирига мос экан
+1   
08 mar 20:25:45
Ilyosjon Turdaliyev
Andijonlik futbol muxlislariga ham qoyil Qo'qon stadionini yondirishmiqda .Qo'qonga omad
+1   
08 mar 20:17:44
De Xea_91
Бизнинг футболда шу одати ёкмайди. Андижон гол ургандан кейн. Югургисиям келмай пиёда юрганди. Мана сенга деб гол кабул килиб олди. Йигитлар каттикрок уйнаш керак. Олдинда бутун бошли тайм бор
+1   
08 mar 19:48:25
Хавасбек
АНДИЖОНГА ОМАД...БУРГУТЛАР ОЛFA..ФАКАТ FAЛАБА ТИЛАЙМН..АНДИЖОН ОЛFA !!!!!!!!
   
09 mar 07:07:24
Axrorbek Studio
Andijon Ultras Burgut koringlar yorvorishibdi

https://www.instagram.com/reel/DG9X-HuIMi0/
   
09 mar 00:01:10
Бек 75
Д.11.02. foydalanuvchining fikriga javob berish
ХОМЯКОВ 1 0ЧКО ОЛГАНИДАН ХУРСАНД , ЛЕКИН МЕН ЭМАС. УЙИНДАН ПРО ЛИГАНИ ХИДИ УФУРИБ ТУРИБТИ. ФУТБОЛЧИЛАР 60- ДАКИКАДАН КЕЙИН ЧАРЧАДИ.ЗАМЕН 73. ВА 93- ДАКИКАДАДА БУЛЯПТИ ДОИМГИДЕК. 5 ТА ТИЛИ ОСИЛГАНЛАРНИ УРНИГА 2-ТАЙМНИ БОШИДА ЯНГИ КУЧЛАРНИ ТУШИРМЕСАНМИ.ЯНГИ ТУШГАНЛАРГА ТУП ХАМ ТЕГМАДИЮ ФАРОСАТ. ЯНА 5 ДАКИКА КУШИБ БЕРИЛГАНДА КУКОН ГАЛАБА КОЗОНИШИ МУМКИН ЭДИ.АГАР УЙИНИ ШУ БУЛСА НАСАФ БОБУР АРЕНАДА ГОЛЛАР ГУЛДАСТАСИНИ ТАКДИМ ЭТИБ БЕРАДИ ЖАНОБ ХОМЯКОВГА!!!!
Бунча купол ёздиз ошна. Сабр килинг хаммаси изига тушади иншаоллох. Менам Андижон мухлисиман
   
08 mar 21:49:42
Д.11.02.
ХОМЯКОВ 1 0ЧКО ОЛГАНИДАН ХУРСАНД , ЛЕКИН МЕН ЭМАС. УЙИНДАН ПРО ЛИГАНИ ХИДИ УФУРИБ ТУРИБТИ. ФУТБОЛЧИЛАР 60- ДАКИКАДАН КЕЙИН ЧАРЧАДИ.ЗАМЕН 73. ВА 93- ДАКИКАДАДА БУЛЯПТИ ДОИМГИДЕК. 5 ТА ТИЛИ ОСИЛГАНЛАРНИ УРНИГА 2-ТАЙМНИ БОШИДА ЯНГИ КУЧЛАРНИ ТУШИРМЕСАНМИ.ЯНГИ ТУШГАНЛАРГА ТУП ХАМ ТЕГМАДИЮ ФАРОСАТ. ЯНА 5 ДАКИКА КУШИБ БЕРИЛГАНДА КУКОН ГАЛАБА КОЗОНИШИ МУМКИН ЭДИ.АГАР УЙИНИ ШУ БУЛСА НАСАФ БОБУР АРЕНАДА ГОЛЛАР ГУЛДАСТАСИНИ ТАКДИМ ЭТИБ БЕРАДИ ЖАНОБ ХОМЯКОВГА!!!!
   
08 mar 21:46:52
Ishqiboz Muhlis
Бирини уйинга Мос уйин булди. Хар кандай команда бирини уйинда булибам уз уйида маглубиятга учрашни хохламайди. Ва дерби бу. Куконга омад тилайман. Водийда футбол кучаймокда.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика