So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Superliga. Yulduzlarga to'la "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

Superliga. Yulduzlarga to'la "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmadi

Teglar :  Neftchi Bunyodkor
Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Neftchi” uchrashuvi bo'lib o'tdi.


“Bunyodkor” — “Neftchi” 2:2
08.03.2025. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:00
Hakamlar
: Temurbek To'xtasinov, Ziyodullo Abdurahmonov, Abdulhamid Abduraimov, Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Avazbek Abdullaev.

Gollar: Najmiddin Normurodov 8, - 1:0 (Imeda Ashortia). Zoran Marushich 15, - 1:1 (Vladimir Yovovich). Ibrohimhalil Yo'ldoshev 46, - 1:2. Itsuki Urata 73, - 2:2 (Odiljon Hamrobekov).

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov,2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov (5.Aleksandr Zevadinov, 90+2), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Martin Shroler (77.Muzaffar Olimjonov, 87), 9.Imeda Ashortia (57.Amir To'raqulov, 87), 10.Rasul Yo'ldoshev (23.Asadbek Rahimjonov, 60), 15.Marko Bugarin, 22.Azizbek Amonov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 60), 25.Itsuki Urata, 74.Luis Kachorri.
Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 17.Ollabergan Karimov, 30.Sardor Abdunabiev, 66.Azizbek To'lqunbekov, .

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 23.Yovan Jokich, 20.Anvar G'ofurov (s), 34.Farruh Sayfiev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (9. Shohruh Gadoev, 83), 77.Bilolxon Toshmirzaev, 5.Ikrom Aliboev, 7. Abror Ismoilov (11.Quvondiq Ro'ziev, 83), 10.Jamshid Iskanderov, 8.Vladimir Yovovich (22.Toma Tabatadze, 68), 32.Zoran Marushich (17.Muhammadali G'iyosov, 86).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 4.Boyan Ciger, 24.G'ulom-Haydar Gulyamov, 14.Jamshid Boltaboev, .

Ogohlantirishlar: Temurxo'ja Abduxoliqov 70.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 

90+4. O'yin tugadi. "Bunyodkor" - "Neftchi" 2:2.

90+2. ZARBAAAA! Bilolxon Toshmirzaevning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi! 

90. O'zgarish. "Bunyodkor". Normurodov o'rniga Zevadinov tushdi

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi

87. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Shroler va Ashortia o'rniga Olimjonov va To'raqulov tushdi

86. O'zgarish. "Neftchi". Marushich o'rniga G'iyosov tushdi

83. O'zgarishlar. "Neftchi". Yo'ldoshev va Ismoilov o'rniga Gadoev va Ro'ziev tushdi

77. UXXX! Darvoza to'sini! Chap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Kachorri boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p to'singa tegib maydonni tark etdi! 

73. GOL! Itsuki Urata! Hamrobekovdan to'pni qabul qilib olgan Urata taxminan 18 metrlardan chap oyoqda chiroyli gol urdi - 2:2. GOLNI KO'RISH

68. O'zgarish. "Neftchi". Yovovich o'rniga Toma Tabatadze

63. ZARBAA! UXX! Mali tomonidan uzatilgan to'pni Kachorri boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!

60. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Rasul Yo'ldoshev va Amonov o'rniga Rahimjonov va Abduxoliqov tushdi

55. Yovovichning reydini Hamrobekov to'xtatdi.

46. GOL! Ibrohimhalil Yo'ldoshev! Burchak to'pidan keyin himoyachilar qaytargan to'pni Yo'ldoshev o'ng oyoqda darvozaga joylab qo'ydi - 1:2.  GOLNI KO'RISH



46. Ikkinchi taym boshlandi!


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

45. UXXX! Xavfli vaziyat! Uzoq masofadan belgilangan jarima to'pini Iskanderov darvoza tomon uzatdi, to'p himoyachilarga tegib darvozaga ketayotganida Odiljon Hamrobekov to'pni qaytardi! 

34. ZARBA! Bilolxon Toshmirzaevning zarbasi aniq chiqdi, ammo Abdujalilov to'pni ushlab oldi!

29. ZARBA! Martin Shrolerning erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, ammo kuchsiz.

15. GOL! Zoran Marushich! Iskanderov to'pni Yovovichga uzatdi, Vladimirning uzatgan to'pini Marushich darvozaga yo'lladi - 1:1. GOLNI KO'RISH




13. ZARBA! Ashortianing 25 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Botirali Ergashev to'pni ushlab oldi

8. GOL! Najmiddin Normurodov! Burchakdan Ashortia tomonidan uzatilgan to'pni Normurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. GOLNI KO'RISH




2. ZARBA! Iskanderovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Abdujalilov to'pni egallab oldi

1. UXX! O'yin shiddatli boshlandi, Urata hozir jarima maydoni yaqinida Toshmirzaevni yiqitdi va mehmonlarda jarima to'pi 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика